|
Лойиҳа shartnoma no konsalting xizmatlarini ko'rsatish uchun
|
bet | 4/6 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 52,99 Kb. | | #265166 |
Bog'liq Файл7. NIZOLARNI HAL QILISH
7.1. Ushbu Shartnoma bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar, iloji bo'lsa, o’zaro kelishuv asosida hal qilinadi.
7.2. Nizolar va kelishmovchiliklar tinch yo‘l bilan hal etilmagan taqdirda, nizo va kelishmovchiliklarni hal etish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudida amalga oshiriladi.
8. SHARTNOMANI O'ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
8.1. Ushbu shartnomaga kiritilgan har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriligan va tomonlarning tegishli vakolatli vakillari tomonidan imzolangan bo‘lsagina, amal qiladi.
8.2. Ushbu shartnoma tomonlarning o’zaro kelishuvi bilan yoki tomonlardan birining ushbu shartnoma shartlarini asosli ravishda buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8.3. Tomonlar mazkur shartnomada nazarda tutilmagan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladilar.
9. KORUPSIYAGA QARSHI QOIDALAR
9.1. Tomonlar shartnoma tuzishda, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan so‘ng, shartnoma bilan bog‘liq korrupsiyaviy harakatlar sodir qilmaslikka kelishib oladilar.
9.2. Tomonlar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydilar.
9.3. Har bir tomon shartnoma tuzilgan paytda bevosita o‘zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog‘liq munosabatlar yuzasidan qonunga xilof ravishda pul, moddiy qiymatliklar berilmaganligini, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar olinishiga yo‘l qo‘yilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va’da qilinmaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi. Tomonlar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va tomonlar nazorati ostidagi boshqa shaxslarning) yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko‘radi.
9.4. Tomonlar davlat xizmatchilari, siyosiy partiyalar, shuningdek o‘zlarining ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan har qanday vaqt va shaklda quyidagi harakatlarni bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, uchinchi shaxslar orqali)sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaydi:
a) nazorat qiluvchi organlardan litsenziya va ruxsatnomalar olish, soliq solish, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, sudda ish ko‘rilishi, qonunchilik jarayoni va boshqa sohalarda qonunga xilof ravishda tijorat yoki boshqa tusdagi ustunlikka ega bo‘lish yoki saqlab qolish maqsadida yuqoridagi shaxslar foydasiga yoki ular tomonidan moddiy yoki nomoddiy naf olishning taklif etilishi, va’da qilinishi, berilishiga;
b) qonunga xilof ravishda olingan daromadlarning legallashtirilishiga, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromad ekanligi tomonlarga ma’lum bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish, yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol- mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirishga;
v) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir qilish uchun ta’magirlik qilish, undash, tazyiq o‘tkazish yoki tahdid qilish. Ushbu holat bo‘yicha bir tomon ikkinchi tomonni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart.
9.5. Tomonlar tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish va o‘tkazishda bitimlar tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borishda, litsenziya, ruxsatnomalar va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olishda yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi tomonlarning nazorati ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslarga (shu jumladan, yordamchi pudratchilar, agentlar, savdo vakillari, distribyutorlar, huquqshunoslar, hisobchilar, ular nomidan harakat qiluvchi boshqa vakillarlarga) nisbatan quyidaagi harakatlarni amalga oshirishlari shart:
- korrupsiyaviy harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi shartligi haqida ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berish;
- ulardan korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish uchun vositachi sifatida foydalanmaslik;
- ularni faqat tomonlarning oddiy kundalik faoliyati jarayonidagi ishlab chiqarish zarurati doirasidan kelib chiqib ishga jalb qilish;
- ularga qonunchilik doirasida amalga oshirgan xizmatlari uchun belgilangan haq miqdoridan asossiz ravishda ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirmaslik.
9.6. Tomonlar ularning nazorati ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi holatlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o‘tkazilmasligini kafolatlaydilar.
9.7. Agar bir tomonga boshqa tomonning korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarning 9.4- va 9.5-bandlarida belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lib qolsa, ikkinchi tomonni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tomondan oqilona muddat ichida tegishli choralar ko‘rilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart. Tomonning talabi bo‘yicha ikkinchi tomon tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha oqilona muddat ichida tegishli choralar ko‘rilmagan yoki ko‘rib chiqish natijalari haqida xabardor qilmagan taqdirda, ushbu tomon zararni to‘liq qoplab berishni talab qilishga haqli.
|
| |