• 6. FORS-MAJOR
  • TOMONLARNING JAVOBGARLIGI




    Download 52,99 Kb.
    bet3/6
    Sana22.06.2024
    Hajmi52,99 Kb.
    #265166
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Файл

    5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
    5.1. Ushbu Shartnoma bo'yicha bajarilgan ishlar uchun Buyurtmachi tomonidan o'z vaqtida yoki to'liq to’lovlar to'lamagan taqdirda, Buyurtmachi Ijrochiga har bir kalendar kun uchun kechiktirilgan to'lov summasining 0,4% miqdorida, lekin umumiy miqdori kechiktirilgan to'lov summasining 5% dan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'laydi.
    5.2. Ijrochining aybi bilan ish to‘liq bajarilmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda, Ijrochi Buyurtmachiga kechiktirilgan har bir kalendar kuni uchun bajarilmagan ish summasining 0,4% miqdorida, lekin umumiy miqdori bajarilmagan ish summasining 5% dan ortiq bo’lmagam miqdorda jarima to‘laydi.
    5.3. Ijrochi 1-ilovada ko’zda tutilgan ishlarning o‘z vaqtida sifatli va to‘liq bajarilishi uchun javobgardir.
    5.4. Buyurtmachi ushbu shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida to’liq Ijrochiga taqdim etishi, hamda o’z xodimlarining Ijrochi bilan o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil etishini ta’minlash va bajarilgan ish uchun to'lovni o'z vaqtida to'lash uchun javobgardir.
    5.5. Tomonlar «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat'iy rioya qilish to'g'risida kelishib oldilar va qonun va ushbu shartnoma shartlarini buzganlik uchun o'zaro javobgar bo'ladilar.
    6. FORS-MAJOR
    6.1. Tomonlar bir-birlari oldida ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni tomonlarning nazorati ostida bo'lmagan sabablarga ko'ra qisman yoki to'liq bajarmaganliklari uchun javobgar bo'lmaydilar, shu jumladan:
    a) tabiiy ofatlar, suv toshqinlari, bo'ronlar, fuqarolar tartibsizliklari yoki ularning tahdidlari va boshqalar;
    b) shartnoma bajarilishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan hukumat hujjatlari, cheklovlar, taqiqlar, qonunosti hujjatlari, hukumat yoki boshqa davlat hokimiyati boshqaruvi organlari tomonidan boshqa choralar.
    6.2. Tomonlarning har biri ikkinchi tomonni shartnomani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi to‘g‘risida darhol xabardor qilishi shart. Ko'rsatilgan xabarnomalar bunday xabarnomalarni berishga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
    6.3. Ushbu shartnoma shartlarini bajarish fors-major holatlari tufayli 60 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan taqdirda, har bir tomon ushbu shartnomani bekor qilishga haqli. Ushbu shartnoma fors-major holatlari tufayli bekor qilingan taqdirda, tomonlardan hech biri boshqa tomondan zararni qoplashni talab qilishga haqli emas.

    Download 52,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 52,99 Kb.