|
Laboratoriya ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblariningtasnifi
|
bet | 3/3 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 361,59 Kb. | | #150863 |
Bog'liq 3.1 Texnik mexanika-LAB-1Rezba o‘lchagich (1.6-rasm) yoki rezba shablonlari qadamlari 0,4 dan 6 mm gacha bo‘lgan metrik profildagi standart tishli po‘lat plastinkalar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
1.6-rasm. Rezbali shablonlar
Rezba o‘lchagich rezbaning nominal qadamini mos keladigan rezba shabloni yordamida o‘lchash uchun xizmat qiladi.
Rezbali mikrometr (1.7-rasm)da almashadigan chekkali o‘lchagichlar yordamida rezba profili o‘lchanadi. Rezbali mikrometr komplektida bir necha almashadigan o‘lchangan namunalar bo‘ladi. Mikrometrning konussimon qo‘yilmasi 4 doimo mikrometr vintida turishi kerak, prizmatik qo‘yilma 3 esa qo‘zg‘almas tovonga biriktiril- ishi kerak. Mikrometrni nolga to‘g‘rilashda qo‘yilmalar tiralgancha
holga olib boriladi yoki maxsus o‘rnatgich plastinka 2 dan foy- dalaniladi.
1.7-rasm. Rezbali mikrometr
Rezbali mikrometrda har gal almashadigan o‘lchagichlarni al- mashtirganda mikrometrni tekshirish zarur bo‘ladi.
|
| |