|
Laboratoriya ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblariningtasnifi
|
bet | 2/3 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 361,59 Kb. | | #150863 |
Bog'liq 3.1 Texnik mexanika-LAB-1Shtangenreysmus (1.3-rasm) detallarning balandligini belgilash va o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Shtanga 1 vazmin asos 4 da mustah- kam qotirilgan. Shtanga bo‘ylab noniusli ramka 3 va mikrosurgich qismi 3 harakatlanadi. Ramkaga xomut 5 yordamida almashadigan detallar balandlikni belgilovchi va balandlikni o‘lchovchioyoqchalar
qotiriladi. Shkala va nonius bo‘yicha asosdan almashadigan oyoqcha pastki tekisligigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Shtangenreysmuslar- ning o‘lchash oralig‘i chegarasi 0─250, 40─400, 60─630, 100 va 1000 mm gacha va hisoblash aniqligi 0,1; 0,05 mmbo‘ladi.
1.3-rasm. Shtangenreysmus
Shtangentish o‘lchagich tishning doimiy vatar bo‘yicha qalinligini o‘lchash uchun xizmat qiladi (1.4-rasm). Siljitishsiztayyor-
langan tish uchun a=20 0
bo‘ladi.
da doimiy vatar bo‘yicha qalinlik S=1,387 m
1.4-rasm. Shtangentisho‘lchagich
Shtangentisho‘lchagich bir-biriga perpendikular bo‘lib, yaxlit qilib tayyorlangan ikkita shtanga, ikkita qo‘zg‘aluvchan noniusli ramkavamikrometriksurishmexanizmidaniborat. Doimiy vatar
bo‘yicha tish qalinligi o‘lchagich lablarning qirralari bilan o‘lchanadi. O‘lchashni har doim doimiy vatar bo‘yicha amalga oshirish uchun vertikal shtanga bo‘yicha tirgakni o‘lchagich lablar qirralaridan hs=0,7476m masofaga o‘rnatiladi. O‘lchash vaqtida diqqat bilan shtangentisho‘lchagich va tish balandligiga e’tibor berish kerak.
Indikatorlar
Absolut o‘lchamlarni aniqlashda shtangeno‘lchagich asboblari qo‘llansa, nisbiy o‘lchamlarni aniqlashda indikatorlar qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan nisbiy o‘lchash pribori-soat turidagi indikator (1.5- rasm).
1.5-rasm. Soat tipidagi indikator
Indikatorlarning o‘lchov aniqligi 0,01 mm bo‘lgan ICH-2; ICH-5; ICH-10; ICH-25; ICH-50 turlari ishlatiladi. Pribor turini aniqlashdagi raqam uning millimetr hisobida o‘lchash chegarasini bildiradi.
Indikatorlarning o‘rta qismida rezba qirqilgan o‘lchash sterjeni 1 gilza 6 ichida yuqori va pastga harakatlanadi. O‘z harakatida u qo‘sh tishli g‘ildirak 3 ni aylantiradi, u esa, o‘z navbatida, ko‘rsatkich bilan bir o‘qda qotirilgan trubka 2 ni aylantiradi. Prujina sochli 7 qo‘shim- cha tishli g‘ildirak 8 tishli ilashmadagi yon tirqish va tayanchlardagi tirqishni yo‘qotadi. 8 g‘ildirak ilashmada tishli g‘ildiraklarni doimo ilashishini ta’minlab turib, o‘lchash sterjenining yuqori yoki pastga yurishida ilashish tishning bir tarafi bo‘yicha bo‘ladi.
Indikatorda uzatish nisbati shunday tanlanganki indikator sterjen- ining 1 mm ga surilishi mil ko‘rsatkichning bir aylanishiga to‘g‘ri ke- ladi. Shkalada 100 bo‘lak bo‘lgani uchun indikator shkalasining bo‘linish qiymati 0,01 mm ga teng bo‘ladi. Indikator shkalasini nolga qo‘yish uchun nakatkali doiracha 5 aylantiriladi. Indikator katta mili aylanishlar soni yoki indicator o‘lchash sterjeni yurishini millimetr- larda butun qismi kichik mil 4 silgichi bo‘yicha aniqlanadi. Kichik mil shkalasining o‘lchash qiymati 1 mm ga teng bo‘ladi.
Soat tipidagi indikatorlarni o‘lchash oralig‘i 0 dan 2,5; 10; 25 va 50 mm gacha bo‘ladi. Gilza 6 ga uzaytirgich ulash uchun biriktiruvchi o‘lcham 8 mm ning chetga chiqishi h bo‘yicha tayyorlanishikerak.
Indikatorda faqat bitta o‘lchash sirti bor, shuning uchun indikator bilan o‘lchashni faqat boshqa pribor moslamalar bilan birgalikda amalga oshirish mumkin.
Rezba o‘lchamlarini aniqlovchipriborlar
Mashina detallari bo‘yicha laboratoriya ishlarida rezbali sirtlarin- ing o‘lchamlarini aniqlash uchun rezba o‘lchagich yoki rezbali mik- rometrdan foydalanish mumkin.
|
| |