Yirik hajmdagi tovar va xizmatlarni ulgurji (tushurilgan) narxda sotib olish. Madomiki mehmonxona zanjiri boshqaruvchisi bir necha ob’yektlarni boshqarar ekan, u bir martaga yirik va ulgurji (arzon) narxlarda xonalar uchun asbob-uskunalar, tozalovchi moddalar va axborot asbob-uskunalari sotib oladi.
Ishchi - kuchi resurslari. Bunda mehmonxona zanjirlari o’zining xodimlarini o’qitish uchun yagona o’qitish markazidan foydalanadilar. Bu esa alohida o’qitishni oldini olib, xarajatlarni bir necha barobarga kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mehmonxona zanjirlari qatnashuvchilari yuqori darajali mutaxassislardan foylanadilar. Agar ular mustaqil bo’lganlarida bunday yuqori darajali mutaxassislar foydalanishga mablag’ yetmasligi mumkin bo’lar edi. Hamma ham mustaqil mehmonxonalar o’zlariga bunday narsalarni ravo ko’ra olmaydilar.
Reklama va taraqqiyot. Mustaqil mehmonxonalar uchun gazetalarda, ko’rgazmali jurnallarda, radio va televideniyada reklama berish uchun juda katta mablag’ yo’qotishga mjbur bo’ladi. Lekin mehmonxona zanjirlarining qatnashchilari bu xarajatlarni o’zaro bo’lishadilar va xarajatni bir necha baravarga kamaytirishga erishadilar. Qo’shimcha qilib yana mehmonxona zanjirlarining brendi mijozlar uchun qo’shimcha reklama bo’lib xizmat qiladi.
Band qilish (bronlash). Markazlashgan band qilish sistemasi mehmonxona zanjirlariningazolari biznesini birlashtirishga yordam beradi. Bir mehmonxona zanjiri katta rezervatsiyalsh imkoniyatiga ega. Lekin mustaqil bo’lganda katta hajmdagi rezervatsiyaga kuchi yetmaydi va mijozlar raqobatchilarga ketishlari mumkin.
Moliyalashtirish. Bir necha mehmonxonalarni moliyalashtirish bir mehmonxonani moliyalashtirishdan ancha oson hisoblanadi. Mehmonxona zanjirlari kapitallarni va ularni diversifikatsiyalashga yoki samaradorligini oshirishga safarbar qilish osonroqdir.
Buxgalteriya, marketing tadqiqotlari, qurilish va ko’chmas mulk operatsiyalarining markazlashuvi. Bu yo’nalishlardagi ishlar bilan band bo’lgan xodimlar mehmonxona zanjirlari ichiga kiruvchi barcha mehmonxonalarni yurita oladilar. Bu bilan mehmonxona zanjirlari individual mehmonxonalardan bir necha barobar foyda oladilar.
Dunyodagi birinchi mehmonxona zanjiri ya’ni “Cezar Ritz” Yevropada paydo bo’lgan bo’lsa ham bu fenomenning taraqqiyoti va rivojlanishi AQSH mehmonxona industriyasi bilan bog’liq.