“Hilton Hotels Corporation”va “Forte Hotels Group”mehmonxona zanjirlari




Download 65,3 Kb.
bet9/14
Sana20.05.2024
Hajmi65,3 Kb.
#245550
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Mehmonxona zanjirlari va uning ustunligi Bajard-www.hozir.org

2.3. “Hilton Hotels Corporation”va “Forte Hotels Group”mehmonxona zanjirlari.
Eng eski mehmonxona zanjirilaridan biri bo’lgan “Hilton Hotels” 1919 yilda asos solingan.1946 yilda nomi “Hilton Hotels Corporation” ga o’zgartirildi. 2010 – yil ma’lumotiga k o’ra 3600 ta mehmonxona 600 mingdan ortiq xonalarni 81 ta davlatda joylashgan ma’lum. Bu kompaniya Hilton Hotels & Resorts, Conrad Hotels, Doubletree, Embassy Suites Hotels, Hampton Inn, Hampton Inn & Suites, Hilton Garden Inn, Hilton Grand Vacations Company, Homewood Suites by Hilton, Home 2 Suites by Hilton va The Waldorf - Astoria Collection guruhlariga egalik qiladi. Kompaniya uchun eng asosiy qiziqish bu AQSHning boylari ya’ni “mingtaliklar” deb ataydiganlar uchun eng yaxshi mehmonxonalarni qurish edi.
Dunyodagi eng mashhur mehmonxona – Waldorf Astoria. 47 qavatli, 1508 ta xonali luks toifadagi mehmonxona. 20 – yillarda Nyu York markazida qurilgan. U yerda har doim dunyoning eng mashhur insonlarini uchratish mumkin. Haliham ko’rsatkichlari ijobiyni ko’rsatib turadi. Mehmonxonada mashhur Peacock Alley, Bull and Bear Steakhouse va Oscar's Brasserie restoranlari joylashgan.
Yana boshqa gigant mehmonxona gigantlari quyidagilar: “Hilton New York and Towers”(47 li qavatli 1990 ta xonasi mavjud), Hilton Hawaiian Village (kattaligi bo’yicha dunyodagi 14 – mehmonxona, 3386 ta xonasi va 7 ta minoradan iborat), Hilton San Francisco & Towers ­­­­­­­(1908 ta xona, 2 ta minoradan tashkil topgan), Hilton Chicago & Towers (1544 ta xona, 3 restorandan iborat) va boshqalar.
Hilton – AQSHning eng mashhur mehmonxona brendi bo’lib, bu mehmonxona zanjiri to’liq xizmatlarni ko’rsatadigan 540 dan ortiq mehmonxonalarni o’z ichiga oladi. Bu mehmonxonalar mijozlari boy va ishbilarmonlardir. Ular uchun eksklyuziv xizmatlar ko’rsatiladi. Bu marka savdo – sotiq innovatsion texnologiyalari soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.
Hilton Garden Inn – O’z ichiga 450 dan ortiq mehmonxonalarni oladi. Korporatsiyaniya rivojlanishning yangi yo’nalishlaridn biridir. O’rta darajadagi eng tez rivojlanayotgan segment ya’ni o’rta hol odamlar uchun yo’naltirilgan. U quyidagi formula asosida ish olib boradi: “to’rt yulduzli mehmonxonalar uch yulduzli mehmonxonalar narxida”.

Doubletree – 220 dan ortiq mehmonxonali mehmonxona zanjiri. O’rta darajadagi nostandartli mehmonxonalar.


E mbassy Suites – 208 tadan ortiq mehmonxonalari mavjud. Bu mehmonxona zanjiri birinchi bo’lib 2 xonali apartamentlarni taklif qilishgan.
Homewood Suites By Hilton – 242 mehmonxona va 135 tasi keygayish arafasida. Uzoq vaqtga qoladigan ishbilarmon mehmonlar va turistlar uchun. Xonalarda barcha apartamentlar va ovqat pishirish uchun mo’ljallangan oshxonasi mavjud.
Hampton Inn & Suites – 1700 dan ortiq mehmonxonalari mavjud. Bu mehmonxona zanjirI maxsus bozorni o’rganib chiqgandan keyin ochilgandir.



Download 65,3 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 65,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Hilton Hotels Corporation”va “Forte Hotels Group”mehmonxona zanjirlari

Download 65,3 Kb.