|
Komyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Kompyuter tizimlari arxitekturasi
|
bet | 7/9 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 49,63 Kb. | | #132698 |
Bog'liq 1-maruzaIntel Net Burst arxitekturasi.
0,09 mkm texnologiya bо‘yicha tayyorlangan deyarli barchasi Pentium 4 protsessorlari Intel Net Burst arxitekturasiga ega, u qator imkoniyatlarni quvvatlaydi:
NT texnologiyani;
axborotlarga giperkonveyerli ishlov berish texnologiyasini;
400, 533, 800, 1066 MGs chastotali tizimli shinani;
buyruqlar bajarilishini kuzatishli birinchi bosqich kesh-xotirasini;
buyruqlarni bajarish vazifasi kengaytirilgan;
suriluvchi vergulli va multimediali operatsiyalarni bajarilish vazifasi kengaytirilgan;
oqimli SIMD -kengaytirishlar SSE2 yoki SSE4 tо‘plami.
Giperkonveyerliishlovberishtexnologiyasi.
Giperkonveyerli ishlov berish texnologiyasi unumdorlikni va takt chastotasini oshirishni ta’minlash orqali konveyerning о‘tkazish xususiyatini oshiradi. MPning asosiy konveyerlaridan biri – shoxlanishlarni bashorati/shoxlanishlarni qaytarish konveyerining konveyerli ishlov berish chuqurligi 31 taktni tashkil etadi.
Buyruqlar bajarilishini kuzatishli L1 bosqich kesh-xotiraci.
16 Kbayt gachan kengaytirilgan hajmdagi axborotlar kesh-xotirasi (L1) va buyruqlar kesh-xotirasi (L1) ularni bajarilishini kuzatishli, buyruqlar kesh-xotirasi buyruqlarni bajarilish tartibi bо‘yicha 12000 gacha mikrooperatsiyalarni saqlaydi. Bu mikroprotsessorning unumdorligini shoxlanish buyruqlariga tez ega bо‘lish va notо‘g‘ri bashorat qilingan shoxlanishdan tezlikda qaytishi tufayli oshiradi.
Buyruqlarni bajarish vazifasi
kengaytirilgan.
Buyruqlarni dinamik bajarilishini yaxshilash mikrobloki mavjud va shuningdek shoxlanishlarni bashorat qilishning rivojlantirilgan algoritmiga ega.
Suriluvchi vergulli 128 bitgacha kengaytirilgan operatsiyalar registri va axborotlarni uzatish uchun qо‘shimcha registrmavjud, u mikroprotsessorni suriluvchi vergulli operatsiyalarni va multimediali ilovalarni bajarishida unumdorligini oshiradi.
Oqimli SIMD -kengaytirish SSE3.
SSE2SIMD – kengaytirishga 144 ta kо‘rsatma qо‘shilgan, SSE3 SIMD –kengaytirishga esa 13 ta kо‘rsatma qо‘shilgan, u multimediali oqimlarni sinxronlashtirishni (uyg‘unlashtirishni) yaxshilaydi yana video- va audio axborotlar hamda shu jumladan tovush va grafik bilan ishlashda unumdorligini oshiradi.
|
| |