|
Rasm 1.3 Fraktal grafikasi asosida yaratilgan kompozitsiyalarBog'liq YusupovaDurdonaRasm 1.3 Fraktal grafikasi asosida yaratilgan kompozitsiyalar.
Vektorli grafika. Vektor grafikasida tasvir vektor deb nomlanuvchi
chiziqlar asosida qurilib, ularga turli parametrlar – rang, chiziq qalinligi va
joylashuvi (vaziyati) xususiyatlari beriladi.
Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob’ektlar bilan ishlanadi.
Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar kiradi. Ikki
o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq, aylana,
ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik figuralarga – kub,
prizma, piramida, sfera, konus, tsilindr kabi jismlar kiradi. Ushbu oddiy geometrik
figuralar asosida murakkab bo’lgan geometrik figuralar – ob’ektlar
yaratiladi.
Vektorli grafika odatda ob’ektga qaratilgan grafika yoki chizma grafikasi
deb ham nomlanadi. Vektor grafikasida asosiy mantiqiy element primitivlar
bo’lganligi uchun, asosiy e’tibor primitivlarni qurishda ularning parametrlariga
qaratiladi. Misol uchun yopiq ko’pburchak tomonlari teng yonli yoki ixtiyoriy
bo’lishi, yopiq hududlar aylana, ellips yoki ixtiyoriy egri chiziq asosida qurilishi
mumkin bo’lib (Rasm 1.4-a), ushbu yopiq ko’pburchak yoki hudud ichini
ranglash (Rasm 1.4-b), gradientlash (Rasm 1.4-c) yoki shtrixlash (Rasm 1.4-d)
mumkin.
a) Konturli b) Hududi bo’yalg
10
c) Hududi gradientlangan d) Hududi shtrixlangan
Ris. 1.4 Vektor grafikasining asosiy imkoniyatlari
Vektorli grafikaning imoniyatlari uni muhandislik sohasida qo’llashga
imkon beradi (Rasm 1.5)
a) Ikki o’lchamli chizma b) Uch o’lchamli detal modeli
Ris. 1.5 Vektor grafikasining muhandislik amaliyotida qo’llanishi
Agar rastr grafikasida bazaviy element nuqta bo’lsa, vektor grafikasida
chiziq hisoblanadi. Chiziq to’g’ri yoki egri (splayn) bo’lishi mumkin. Chiziq bir
butun ob’ekt hisoblanib, u matematik ifodaga ega. SHuning uchun ham vektor
grafikasi fayl hajmi rastr grafikasiga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Vektor
grafikasi bilan ishlaganda biron bir ob’ekt tahrirlanganda boshqa ob’ektlar
tahrirlanmaydi. Ya’ni tasvirda biron bir geometrik ob’ektga osongina o’zgartirish
kiritish mumkin bo’lib, shu ob’ekt ustida yoki ostida joylashgan boshqa geometrik
ob’ektlar tahrirlanmasligi imkoniyatlari mavjud.
Vektor grafikasi aniq va tiniq tasvirlar yaratishga imkon beradi. Tasvirlar
masshtablashtirilganda ularning sifati saqlanib qoladi. SHuning uchun ham undan
dizayn, poligrafiya, reklama va animatsiyada keng foydalaniladi (Rasm 1.6).
|
| |