65
yechimi saqlanadimi, xarakter topiladimi, gavdaning shakli o‘z aksini topgan-
topmaganligi diqqat bilan kuzatiladi.
Rangtasvirda odam qomatini va uning bo`laklarini atrof-muhit bilan
munosabati aniqlanadi. Naturaning inter`erdagi predmetlari odam qomati bo`lgan
rangdagi munosabatlari topiladi. Naturaning kiyimi, sochi, tananing rangi qanday
ahamiyatga ega bo‘lsa, uning atrofini o‘rab turgan, yonida orqasidagi predmetlar,
devor, eshik, deraza va hokazolarning rangi ham shunday ahamiyatga egadir.
Shuning uchun qisqa muddatla yoki ko`p muddatli etyud bo`lishiga qaramasdan
undagi ranglar munosabatini yuzada (qog‘oz, matoda) birdaniga olish kerak.
Figura doimo kompozitsion markazda bo`lishi kerak. Asosiy kontrast yorug’lik va
rang odam qomatiga qaratilishi lozim, atrofdagi va orqadagi predmetlar kamroq
yoritilsa maqsadga muvofiqdir. Atrofdagi detallarni maydalashtirib ishlash kerak
emas. Ular odam qomatini ko‘rishga xalaqit beradi va ishni maydalashtiradi,
yaxlitlikni yo‘qotadi.