59
va asimmetrik kompozitsiyalarda turlicha namoyon bo‘ladi. Simmetriya o‘zicha
kompozitsiyada muvozanatlashtirish kafolati bo‘la olmaydi. Simmetrik element va
tekislikning miqdoriy nomuvofiqligi ko‘rinishdan muvozanatlashmagan bo‘lib
ko‘rinadi. Inson doimo shakl — fazoviy muhitda to‘la hissiy qulaylik va yashash
garmoniyasini yaratuvchi shakl muvozanatiga intiladi. Simmetrik kompozitsiyani
muvozanatlashtirish asimmetrik kompozitsiyani muvozanatlashtirishga qaraganda
osonroq va bunga oddiy vositalar bilan erishiladi, chunki simmetriya kompozitsion
muvozanat uchun zamin yaratadi.