Djuzboyeva Mavluda Tilovboyevna
TerDUPI 1-bosqich
magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, axborot olish kompetentligini rivojlantirishdagi pedagogik muammolar va o‘qituvchilarning axborot olish kompetentligini rivojlantirish motivatsiyalari haqida fikr- mulohaza berilgan.
Kalit so’zlar: Texnologik ta’lim, axborot, kompetent, ko’nikma, malaka, aqliy mehnat.
Texnologik ta’lim - bu o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy faoliyatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy natijada
ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv fanidir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologik ta’lim fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarni aqliy
va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish ularda dastlabki mehnat ko‘nikmalarini va malakalarini mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga ularning ahamiyatini tushinishiga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarligini amalga oshirishdan hamda jamiyat va shaxs faoliyati farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishiga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurni shakllantirishdan iborat. Bo‘lajak texnologik ta’lim fani o‘qituvchilarining axborot olish kompetentligini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarish O‘zbekistonning xalqaro talablardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay
oladigan dadil, mustaqil,
ijodiy tafakkurli, malakali,
bilimli mutaxassis, ayni paytda shaxsiy insoniy sifatlari shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir bo‘lajak o‘qituvchining o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid kasbiy kompetentligini shakllantirish va ularni pedagogik faoliyatda izchil qo‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir. O‘qituvchining kasbiy kompetentligi pedagogic yechimlar qabul qilish jarayoni bilan tavsiflanadi. Bu, ayniqsa, pedagoglarda ta’lim jarayonida vujudga keladigan muammolarni ko‘ra olish, mustaqil ravishda aniq bir pedagogik maqsadlar va masalalar qo‘ya olish, ularning yechimlari topa olish,
tahlil qilish, olingan natijalarni baholay olish kabilarni rivojlantirish muammosining dolzarbliligini oshiradi. Dastlab “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalariga to‘xtalsak. “Kompetentlilik” tushunchasi (lotinchadan competenlia, compete so‘zidan olingan bo‘lib – “birgalikda erishaman, qozonaman,
mos kelaman, to‘g‘ri kelaman” degan ma’noni beradi) lug‘atlarda esa “nimadir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish”, “xabardor bo‘lmoq, huquqli bo‘lmoq” degan ma’noni bildiradi. “Kompetentli” inson o‘z ishida qandaydir masalani bilag‘oni deb tan olingan, xabardor bo‘lgan, obro‘li, to‘la huquqli, doiralarda vakolatga ega bo‘lgan, qobilyatli degan ma’nolarni anglatadi. Amalda barcha lug‘at tuzuvchilar “kompetentlik” va “kompetensiya” kategoriyalarini chegaralab qo‘yadilar. Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir birini o‘rnini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar yig‘indisi