|
Kompetentligini rivojlantirish
|
bet | 2/3 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 138,44 Kb. | | #253204 |
www.sciencebox.uz/
(huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning, qonun, nizomlar bilan
belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l
beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik qilish)”, “kimdir yaxshi xabordor bo‘lgan savollar
to‘plami (sohasi)” tushuniladi. Mazkur o‘rinda «kompetentlik» tushunchasining mohiyati ham
to‘la ochiladi, u quyidagi ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: kompetentlik talabalarning shaxsiy
sifatlari to‘plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida. Ta’lim mazmunining o‘quv
rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar to‘plami uchun) va predmetli
(ma’lum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi
kompetentlikni e’tirof etish mumkin; 1. Tayanch kompetentlik (ta’limning gumanitar, ijtimoiy-
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra); 2. Fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o‘quv
fanlari va ta’lim bloklarining ma’lum doirligiga ko‘ra); 3. Bitta predmet (fan) bo‘yicha
kompetentligi (maxsus o‘quv fani doirasida aniq va ma’lum imkoniyatga egaligiga ko‘ra).
Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. O‘qituvchining axborot olish kompetentligi tayanch kompetentliklar sirasiga kiradi va uning kasbiy faoliyatidagi zaruriy bo‘g‘in hisoblanadi. Ma’lumki, real ob’ektlar (televizor, televizor, magnitofon, telefon, faks, kompyuter, printer, modem) va axborot texnologiyalari (audio- va videoyozuv, elektron pochta, OAV, Internet) vositasida axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish, tanlab olish, qayta ishlash, saqlash va uzatish kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Bu kompetentlik bo‘lajak o‘qituvchining o‘quv predmetlari va ta’lim sohasida, shuningdek, atrof olamdagi axborotga nisbatan faoliyat ko‘nikmalarini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, o‘qituvchining kasbiy kompetentliklari ko‘lami anchagina keng. Pedagogning axborot olish kompetentligi axboriy muhit bilan o‘zaro aloqadorlikdagi bilim, ko‘nikma, malaka va refleksiv ko‘rsatmalarning kompleksi mavjudligida aks etadi. Axborot olish kompetentligi − shaxsning kasbiy ahamiyatli integrativ sifati bo‘lib, uning axborot olamida mo‘ljalni to‘g‘ri olish va faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar majmuini o‘zlashtirish darajasi bilan tavsiflanadi. 1.3. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini axborot olish kompetentligini rivojlantirish motivatsiyalari Ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili oliy ta’lim tizimida mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. Ushbu jarayon mehnat ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida talabalarni axborot va kompyuter texnologiyalarining qo‘llanilish sohalari bilan tanishtiruvchi “Informatika va axborotlar texnologiyasi”, “Internet tizimi”, “Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish asoslari”, “Elektrotexnika va radiotexnika”, kabi fanlar kiritilgan. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot va kompyuter texnologiyalarining keng taraqqiyotiga qaramay, ularda bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida foydalanish uchun zaruriy nazariy va amaliy, ilmiy – uslubiy asoslar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Oliy ta’lim muassasalari texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalishda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish kompyuter imkoniyatlarini bilishga, turli masalalarni yechishda ulardan foydalanish malakalarini shakllantirishga olib keladi. Ikkinchi yo‘nalishda kompyuter texnologiyalari o‘quv – tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalari texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy masalasi bu bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining intelektual imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
|
| |