17
infraqizil
diapazondagi
issiqlik
nurlari,
rentgen
nurlari,
va
radioto‘lqinlardir. Ularning farqi faqat to‘lqin uzunligida anglashiladi.
Radioaloqa tizimlari elektromagnit to‘lqinlarning radioto‘lqinlar
diapazonidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Har bir radio aloqa
liniyasiga ma'lum radio chastota polasasi ajratiladi. Bu polosani o‘rtacha
chastotasi nominal chastota hisoblanadi.
Radio aloqani xalqaro tartiblanishiga binoan radio chastotalar 9ta
diapazonlarga bo‘linadi va 4 dan 12 gacha nomerlanadi. N nomerli
diapazon pastdan 0,3*10
N
Gs va yuqoridan 3*12
N
Gs chastota bilan
chegaralangan.
Diapazon nomeri
oshishi bilan uni kengligi
(polosasi) kengayishiga e'tibor qaratish lozim, u quydagicha bo‘ladi: №
4 uchun 30 – 3 = 27 kGs; № 12 uchun 3000 – 300 = 2700 GGs.
Yangi radio aloqa liniyasini ochish uchun, har bir alohida holat
uchun ma'lum talablarni hisobga olgan holda ishchi chastota tanlanadi.
Xabarni uzatish joyidan qabul qilish joyiga ko‘chirish
uchun
tanlangan chastota ishlatiladi va u tashuvchi chastota deyiladi.