20
Ultra qisqa to‘lqinlardan bugungi kunda impulsli radiolokatsiya
tizimlari, sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qo‘llanilib kelinmoqda.
Shuningdek radio relyeli aloqa tizimlarida, Yer usti radio va uyali aloqa
tizimlarida, troposferali aloqa tizimlarida foydalanilib kelinmoqda.
Radio
lokatsiya
tizimlaridan
ultra
qisqa
to‘lqinlardan
foydalanishning asosiy afzalligi, bunday to‘lqinlar to‘g‘ri chiziqli liniya
bo‘ylab tarqalganligi uchun havodagi obyektning aniq koordinatasini
aniqlashga imkon beradi. Sun'iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida
qo‘llanilishining asosiy sabablaridan biri atmosferaning yuqori qatlami
UKV diapazonidagi radio to‘lqinlar uchun shaffof xisoblanadi va
bunday diapazondagi radio to‘lqinlar bu qatlamlarni ortiqcha
yo‘qotishlarsiz kesib o‘tishi mumkin. Bugungi kunda Yer usti radio
aloqa tizimlarida, uyali aloqa tizimlari va televideniya tizimlarida
qo‘llanilishining asosiy sababi radio to‘lqinning chastotasi qanchalik
yuqori bo‘lsa ular yordamida keng polosali aloqa kanallarini xosil qilish
imkoniyati ortadi va radio aloqa tizimi orqali uzatiluvchi xizmatlarning
sifati ortadi.