63
3.15- rasm. Magnitooptik modulyatorning tuzilish sxemasi.
1 –aktiv muhit (magnitooptik modda); 2 – induksiyalovchi g‘altak;
3 – qutblagich; 4 – tahlillagich (analizator); 5- yig’uvchi linza
Biroq magnitooptik modulyatorlarning
tezkorligi elektrooptik
modulyatorlarga nisbatan ancha past. Ularning chegaraviy chastotasi 10
4
Gs dan oshmaydi. Bundan tashqari, magnitooptik modulyatorlarni
boshqarish uchun katta kuchlanganlikka ega bo‘lgan
magnit maydoni
talab etiladi. Modulyasiya chuqurligining kamligi va optik nurlanishning
magnitooptik moddalardagi kuchli yutilishi ham magnitooptik
modulyatorlarning qo‘llanishini cheklovchi omillardan hisoblanadi.
Yuqorida biz optik aloqa tizimlarida optik tashuvchini
modulyatsiyalashda qo’llaniladigan fizik
jarayonlar bilan tanishib
chiqdik. Optik modulyatorlar o’zining konstruktiv tuzilishi va
modulyatsiyalash jarayonini amalga oshirish jarayoniga bog’liq holda
quyidagi ikki turga bo’linadi:
Tashqi modulyatsiya
To’g’ridan-to’g’ri modulyatsiya.
Tashqi modulyatsiya
. Tashqi modulyatsiya tashuvchi optik
signalning biror parametrini (intensivligi, qutblanishi yoki boshqa) uni
qandaydir muhitdan o’tkazish orqali o’zgartirishga asoslanadi. Tashqi
modulyatsili modulaytorlar quyidagi fizik xodisalarga asoslanadi:
Elektooptik effekt;
Magnitooptik effekt;
Elektroobsorbsion effect.
Akustoopticheskiy effekt.
Quyidagi 3.16-rasmda tashqi modulyatsiya
jarayonining ishlash
tamoili tasvirlangan.
64
3.16-rasm. Tashqi modulyatsiya jarayonining ishlash tamoili
Yuqoridagi
3.16-rasmdan
tushunish mumkinki yorug’lik
manbaidan chiqayotgan optik tashuvchi signal boshqariluvchi muhitga
kirgizilmoqda. Boshqaruvchi muhit o’zining yorug’likni o’tkazish
hususiyatini yuqorida sanab o’tilgan fizik effektlarga asosan
modulyatsiyalovchi signal ta’sirida o’zgartiradi.
Natijada mu muhit
orqali o’tivchi optik tashuvchining ma’lum bir parametri o’zgaradi. Bu
o’zgarish modulyatsiyalovchi signalning hususiyatiga mos yuz beradi.
Natijada tashuvchi optik signa modulyatsiyalovchi signalga mos
modulyatsiyalanadi.