49
modulyatsiyalangan signal diskret axborot tashiyotgan bo‘lsa, u holda
modulyatsiya termini o‘rniga monipulyatsiya termini qo‘llaniladi, ya’ni:
Amplituda bo‘yicha monipulyatsiya (Amplitude Shift Keying -
ASK),
Chastota bo‘yicha monipulyatsiya (Frequency Shift Keying, FSK),
Faza bo‘yicha monipulyatsiya (Phase Shift Keying, PSK).
Diskret signallarni uzatishda modulyatsiya’ning qo‘llanilishiga
yorqin misol sifatida kompyuter ma’lumotlarini telefon tarmog‘i orqali
uzatish jarayonini keltirish mumkin. Tanal chastotali kanal deb
nomlanuvchi standart telefon kanalining amplituda - chastotaviy
harakteristikasi 3.7-rasmda aks ettirilgan.
3.7-rasm. Standart telefon kanalining amplituda-chastotaviy
harakteristikasi
Mazkur kanal kommutatorlar orqali ulanadi va abonent telefon
qurilmalarini o‘zaro bog‘laydi. Tonal chastota kanali 300 dan 3400 kGs
diapazondagi chastotalarni uzatadi va uning o‘tkazish polosasi 3100 kGs
ni tashkil qiladi. Bunday tor polosa yuqori
sifatli ovozli signallarni
uzatishga to‘liq imkonli, ammo u kompyuterlar o‘rtasida almashinilishi
lozim bo‘lgan raqamli signallarni uzatishda muammolarga ega.
Bu muammoni hal etish uchun esa analog signallarni diskret
monipulyatsiyalash usuli qo‘llanildi. Uzatuvchi tomonda tashuvchuni
modulyatsiyasini, qabul qilish tomonida demodulyatsiya’ni amalga
oshiruvchi qurilmani modulyator va demodulyator qurilmalari deyiladi.
Diskret ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniluvchi
turli hil
monipulyatsiya usullari 3.8-rasmda aks ettirilgan. 3.8, a- rasmda
uzatilishi lozim bo‘lgan diskret signalning bitlari ketma-ketligi
keltirilgan.
Amplitudali monipulyatsiya jarayonida yuqori chastotali tashuvchi
signalning amplitudasi axborot signalining impulslari shakliga mos
o‘zgaradi. Ya’ni mantiqiy bir impulsini uzatish
uchun tashuvchi signal
sinusoidasining ma’lum bir A
1
amplitudasi tanlab olinadi, mantiqiy nol
50
impulsini uzatish uchun esa boshqa bir nisbatan kichiqroq A
2
amplituda
tanlab olinadi. Bu usul shovqinbardoshliligi pastligi sababli alohida
holda kam hollarda qo‘llaniladi. Asosan boshqa turdagi monipulyatsiya
usullari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Masalan faza bo‘yicha
monipulyatsiya usuli bilan.
Chastota bo‘yicha monipulyatsiya usulida esa diskret signal tashkil
etuvchilari bo‘lgan nol yoki bir impulslarini uzatishda turli chastotadagi
tebranishlardan foydalaniladi. Rasmda ko‘rsatilganidek
mantiqiy bir
impulsini uzatish uchun f
1
chastotadagi tebranish, mantiqiy nol impulsini
uzatish uchun esa f
2
chastotadagi tebranishdan foydalaniladi.
Monipulyatsiya’ning bunday usuli amalga oshirish uchun
murakkab sxemani talab qilinmaydi va odatda 300 – 1200 bit/s tezlikda
ishlovchi past tezlikli modemlarda qo‘llaniladi.
Faqat ikki chastotadan foydalanilganda bitta taktda bir bit axborot
uzatiladi va shuning uchun bu usul ikkilik chastotali monipulyatsiya
(BFSK) deb nomlanadi. Shuningdek bitta taktda ikki bit ahbarotni
kodlash maqsadida to‘rtta chastotadagi tebranishlardan
foydalanilishi
mumkin. Bu monipulyatsiya usuli turtinchi darajadagi monipulyatsiya
usuli
deyiladi
(four-level
FSK). Shuningdek ko‘p darajali
monipulyatsiya usullari qo‘llaniladi va ular MFSK kabi nomlanadi.
Faza bo‘yicha monipulyatsiyalash usulida nol va bir impulslarini
uzatish uchun bir hil castotadagi tebranishlardan foydalaniladi. Ammo
har bir va nol impulslariga mos turli fazadagi tebranishlar qo‘llaniladi.
Masalan 0 yoki 180
0
yoki 0, 90, 180 va 270
0
kabi
fazadagi
tebranishlardan (3.8-rasm,g). Dastlabki holatda bunday monipulyatsiya
usuli ikkilik fazali monipulyatsiya deb nomlangan (BFSK), keyingi
variantlari esa kvadratik fazali monipulyatsiya usuli deb nomlangan
(Quadrature PSK, QPSK).
51
3.8-rasm. Diskret ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniluvchi turli hil
monipulyatsiya usullari