• BINAR ARALAShMALARNING ASOSIY FIZIKAVIY-KIMYoVIY XUSUSIYaTLARI
  • -MA’RUZA. BINAR ARALAShMALARNING ASOSIY FIZIK-KIMYoVIY XUSUSIYaTLARI




    Download 6,57 Mb.
    bet47/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    21-MA’RUZA. BINAR ARALAShMALARNING ASOSIY FIZIK-KIMYoVIY XUSUSIYaTLARI
    Ko‘riladigan masalalar.
    1. O‘zaro erimaydigan aralashmalar
    2. O‘zaro eriydigan tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan binar aralashmalar

    1. Raul qonuni.

    2. Muvozanat diagrammasi

    Ko‘pincha qayta haydash deb ataladigan distillyatsiyalash va rektifikatsiyalash o‘zida suyuq aralashmalarning tarkibiy qismlarga ajralishining shunday termik jarayonini taqdim qiladiki, bunda qaynayotgan aralashmadan xuddi o‘sha tarkibiy qismlarni - biroq endi boshqa proporsiyada o‘z ichiga olgan bug‘lar ajraladi. Odatda bug‘larda berilgan bosimda nisbatan past qaynash temperaturasiga ega bo‘lgan yengil qaynaydigan tarkibiy qismlarning foyiz miqdori suyuq aralashmaning o‘ziga qaraganda ko‘p bo‘ladi [L. 5, 12, 34]. Aralashmani, olingan bug‘larni to‘liq kondensatsiyalash bilan qayta haydash – distillyatsiyalash, xuddi o‘sha bitta aralashmaning o‘zini bug‘larning ko‘p martalik qisman kondensatsiyalanishi va separatsiyalanishi bilan qayta haydash – rektifikatsiyalash deb ataladi.


    Distillyatsion i rektifikatsion qurilmalar sanoatning oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kimyo va boshqa bir qator tarmoqlarida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan.
    Aralashmalarni qayta haydash yo‘li bilan, masalan, sof yoki konsentratsiyalangan holda quyidagi mahsulotlar: etil spirti, benzol, sirka kislotasi, krekinglashdagi gazlar, neftni qayta ishlash mahsulotlari - xloropren, nitrotoluol, benzolni xlorlash mahsulotlari, anilinli suv, ammiak va boshqa ko‘plab oraliq mahsulotlar va turli-tuman sanoat chiqindilari ajratib olinadi. Qayta haydashda ko‘p tarkibiy qismli aralashmalar ham, binar (ikkita tarkibiy qismdan iborat bo‘lgan) aralashmalar ham ajratilishi mumkin. Mazkur kursda faqatgina binar aralashmalarni qayta haydash ko‘rib chiqiladi.


    BINAR ARALAShMALARNING ASOSIY FIZIKAVIY-KIMYoVIY XUSUSIYaTLARI
    Distillyatsiyalash va rektifikatsiyalash jarayonini o‘rganishda binar aralashmalarni uchta klassga ajratish mumkin: amalda o‘zaro erimaydigan tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan aralashmalar, biri ikkinchisida to‘liq eriydigan tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan eritmalar va qisman eriydigan tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan eritmalar.

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




    Download 6,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA. BINAR ARALAShMALARNING ASOSIY FIZIK-KIMYoVIY XUSUSIYaTLARI

    Download 6,57 Mb.