• (5-9) dWdx ni ikkinchi tartibli cheksiz kichik kattalik sifatida hisobga olmasdan, quyidagini olamiz: (5-10)
  • Davriy ravishda ishlaydigan, bir martalik distillyatsiyalaydigan distillyatsiyalash qurilmalarini hisoblash




    Download 6,57 Mb.
    bet55/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    Davriy ravishda ishlaydigan, bir martalik distillyatsiyalaydigan distillyatsiyalash qurilmalarini hisoblash. Aytaylik, kubga joylashtirilgan, yengil qaynaydigan tarkibiy qismning x konsentratsiyasiga ega bo‘lgan W miqdordagi binar aralashmadan yengil qaynaydigan tarkibiy qismning bug‘lardagi y konsentratsiyasiga bo‘lgan cheksiz kichik dW miqdordagi suyuqlik olingan bo‘lsin. Bunda yengil qaynaydigan tarkibiy qismning suyuqlikdagi ulushi x dan x – dx gacha, suyuqlik miqdori esa — W dan W—dW gacha o‘zgaradi. Apparatda (x—dx)(W—dW), kg, tarkibiy qism qoladi va ydW, kg, tarkibiy qism apparatdan bug‘lar ko‘rinishida chiqib ketadi. Cheksiz kichik vaqt oralig‘i uchun moddiy balans tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.


    xW = (x-dx) (W-dW) + ydW
    yoki
    xW = xW – Wdx+dWdx – xdW+ydW. (5-9)


    dWdx ni ikkinchi tartibli cheksiz kichik kattalik sifatida hisobga olmasdan, quyidagini olamiz:


    (5-10)

    Bu tenglamani W1 dan (suyuqlikning boshlang‘ich miqdori) W2 gacha (suyuqlikning oxirgi miqdori) va mos ravishda x1 dan (yengil qaynaydigan tarkibiy qismning boshlang‘ich konsentratsiyasi) x2 gacha (uning oxirgi konsentratsiyasi) oraliqlarda integrallash bilan quyidagini olamiz:





    (5-11)
    y kattalik x ning funksiyasi bo‘lib hisoblanishi sababli, bunda x va u o‘rtasidagi bog‘lanish grafik bilan beriladi, dx/(y—x) ifodani x va y o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydigan muvozanat egri chizig‘i yordamida grafik tarzda integrallash mumkin. Integrallash uslubi 5-3 misolda keltirilgan.
    5-3 misol. Boshlang‘ich momentda 43,2 mol-foyiz oltingugurt-uglerod va 56,8 mol-foyiz uglerod to‘rt xloridni o‘z ichiga olgan aralashmani, agar kubdagi qoldiqda oltingugurt-uglerod miqdori 14,7 mol-foyiz bo‘lishi lozim bo‘lsa, oddiy distillyatsiyalashda distillyatning tarkibi hisoblansin.



    Download 6,57 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




    Download 6,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davriy ravishda ishlaydigan, bir martalik distillyatsiyalaydigan distillyatsiyalash qurilmalarini hisoblash

    Download 6,57 Mb.