82
O`lchovlar quyidagicha bo`ladi:
•
statik, o`lchanayotgan kattalik tadqiqot jarayonida o`zgarmay turadi;
•
dinamik, o`lchanayotgan kattalik vaqt bo`yicha o`zgarmas qiymat
emas, misol: plugning qarshilik kuchi qiymatlari.
O`lchov asbobining asosiy xarakteristikasi uning aniqligidir.
Aniqlik -
asbob ko`rsatishlaridagi yig’ma xatoliklar bilan belgilanadi.
O`lchashdan ko`zda tutilgan maqsad va o`lchash aniqligiga qo`yiladigan
talablarga qarab o`lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o`lchashlarga bo`linadi.
O`lchash natijasining o`lcha-nayotgan
kattalik haqiqiy qiymatiga
yaqinligini ifodalovchi o`lchash sifati
o`lchash aniqligi deb ataladi.
Asbob ko`rsatishining aniqligiga uning sezgirligi xam katta ta`sir qiladi.
Asbob strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining u siljishni xosil qilgan fizik kattalik
o`zgarishiga nisbati asbobning sezgirligi deyiladi:
bu yerda,
S —
asbobning sezgirligi;
∆n— strelka siljishining o`zgarishi;
∆Q —
o`lchanayotgan kattalikning o`zgarishi.
Sezgirligi yuqori bo`lgan asboblar asosan aniq o`lchashlar uchun
ishlatiladi.
Yo`l qo`yilgan xatoliklar bo`yicha asboblar aniqlik sinflariga bo`linadi.
Aniqlik sinfi - yo`l qo`yilgan, yig’ma, nisbiy xatoliklar o`lchovining
yuqori
chegarasiga nisbatan aniqlanadi.
O`lchashlar o`z aniqliklari bo`yicha uch klass o`lchovlarga bo`linadi: juda
aniq, yuqori aniqlikdagi va texnik o`lchovlar.
Juda aniq - bu etalon o`lchovlar bo`lib, maksimal imkoniyat darajasidagi
aniqlikda o`tkaziladi.
Yuqori aniqlikdagi - noaniqliklari berilgan qiymatlardan oshmaydigan
o`lchovlar. Bu klass o`lchovlar juda ma`suliyatli eksperimentlarda, o`lchov
asboblari esa nazorat - tekshirish tajaribalaridan o`tkazilganda ishlatiladi.
Texnik o`lchovlar - o`lchov vositalarini aniqlik klasslari bo`yicha olib
boriladigan o`lchovlar.
Bundan
tashqari absolyut o`lchovlar (o`lchanayotgan kattaliklarning
birligida) va
nisbiy o`lchovlar (o`lchanayotgan kattaliklarni
solishtirish uchun qabul
qilingan bir xil nomdagi kattaliklarga nisbati) olib boriladi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ko`p jihatdan o`lchash aniqligiga
bog’liqdir. Tajribadagi xatoliklar, ularning kattaliklari va xarakteriga ko`ra sezilarli
83
oqibatlarga: olingan qonuniyatlardagi tushunmovchiliklarga va noto`g’ri
xulosalarga olib kelishi mumkin.