78
Nol (kompensatsion) usul o`lchanayotgan kattalikni qiymati ma`lum
bo`lgan kattalik
bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma`lum
kattalikni o`zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi.
Potentsiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko`priklar va boshqalar nol’ usulga
asoslangan asboblarga misol bo`la oladi. Nol usul o`lchashning yuqori aniqligini
ta`minlaydi.
O`lchanayotgan kattalik
o`zgaruvchan kattalik deb ham ataladi.
O`zgaruvchan kattalik bog’liq bo’lmagan, bog’liq va tashqi bo`lishi mumkin.
Bog’liq bo’lmagan o`zgaruvchi faqat tadqiqotchi xoxishi orqali o`zgaradi.
Bog’liq o`zgaruvchi - bu fizikaviy kattalik bo`lib, u bog’liqmas
o`zgaruvchilar o`zgarganda o`zgaradi.
Tashqi o`zgaruvchi -bu ham fizikaviy kattalik bo`lib,u tadqiqodchi tomonidan
nazorat qilinmaydi, ammo u eksperiment natijalariga ta`sir ko`rsatadi.
Har qanday o’lchash sistemasi quyidagi 5 ta asosiy elementlardan iborat:
32
1. Standart hujjatlari;
2. Faoliyat predmeti ;
3. O’lchash asbobi yoki o’lchash qurilmalari ;
4. O’lchashni amalga o’lchashni amalga oshiruvchi operator ;
5. O’lchash muhiti.
O`lchov vositalariga quyidagilar kiritiladi:
o`lchov asboblari va