64
Yaxshi tashkil etilmagan sistemalar uchun hodisalar mexanizmi to`liq ma`lum
emaslik xosdir, matematik modellarni ishlab chiqish
va optimallashtirish
eksperimental statistik usullar yordamida hal etiladi. Bunday hollarda texnikaviy
ob`ekt modeli kibernetik sistema
("qora yashik" sifatida) tasavvur etiladi, buning
uchun tadqiqotchi chiqish parametrlari bilan kirish parametrlari (mustaqil
o`zgaruvchilar) o`rtasidagi bog’liqlikni izlaydi, bu vazifani u sistemada kechayotgan
hodisalar mexanizmidan mutlaqo bexabar holda amalga oshiradi
Matematik modellarga universallik (to`laqonlilik), effektivlik, mazmundorlik,
adekvatlik( ayniylik, aniqlik), to’liqlilik talabdari quyiladi.
Matematik model universalligi deyilganda uning real ob`ekt xossasini to`liq
ifodalashi tushuniladi. Ko`pgina matematik modellar ob`ekti kechadigan fizik yoki
informatsion jarayonlarni aks ettirish uchun mo`ljallangandir. Bunda ob`ekt
unsurlarini tashkil etuvchi geometrik shakllar kabi xususiyatlar tasvirlanmaydi.
Matematik model aniqligi real ob`ektlar
va ularning qiymat parametr
ko`rsatkichlari bir-biriga moslik darajasi bilan tavsiflanadi, bu ko`rsatkichlar model
berilganlari (baholanayotganlari) yordamida hisoblanadi. Birinchi parametr
bo`yicha nisbiy xatolik quyidagi tenglamaga ko`ra aniqlanadi:
𝜉
𝑗
=
𝑦
𝑗𝑚
− 𝑦
𝑗𝑐ℎ
𝑦
𝑗𝑐ℎ
; 𝑗 = 1,2, … . , 𝑚
bu yerda
y
jm
- matematik model yordamida hisoblangan
j-nchi chiqish parametrining
qiymati;
y
jch
-
j-nchi chiqish parametrining haqiqiy qiymati.
Xatolikning vektor tavsifi quyidagiga teng:
ξ=(ξ
1
,ξ
2
,…..,ξ
m
).