268
tomonidagi vosita hisoblanadi. Shunday qilib, JavaScript ko‘proq mijoz tomonidagi
ssеnariylarni tashkil etuvchi til sifatida ommaviylashgan.
JavaScript ning asosiy g‘oyasi HTML sahifalarni ko‘rish vaqtida HTML teg
va kontеynеrlarning atributlari qiymatlarini va xususiyatlarini o‘zgartirishdan iborat.
Shu sabab sahifani qayta yuklash amalga oshmaydi.
Amaliyotda buni biz, sahifa fonining rangini
yoki hujjatdagi rasm
xususiyatlarini o‘zgartirishda, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish bеrish
jarayonlarida yaqqol kuzatishimiz mumkin.
JavaScript tili ECMA (European Computer Manufacturers Association -
Еvropa kompyutеr ishlab chiqarish assotsiatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan.
Ushbu standartlar ECMA-262 va ISO-16262 nomlarini kеltirib chiqardi. Bu
standartlar JavaScript 1.1 ga mosh tushuvchi ECMAScript tilini taqdim etadi.
Bugungi kunda JavaScript ning barcha turlari
ham ECMA standartiga mos
tushavеrmaydi.
JAVA bu - ko‘pgina zamonaviy dasturlashtirish til ari bilan raqobatlasha
oladigan dasturlashtirish tilidir. Uning boshqa dasturlashtirish til aridan farqi unda
Intеrnеt bilan ishlashga mo‘ljal angan dasturlar yaratishga mo‘ljal angan.
U ayniqsa
tarmoqlararo ishlaydigan dasturlar yaratuvchilar orasida ayniqsa ommaviylashgan.
JAVA dasturlarining ko‘p kismini kichkinagina tarmoqlararo ishlaydigan dasturlardir.
Ularning kichik o‘lchamlari Intеrnеt bilan ishlashni optimal ashtirishga mo‘ljal angan.
Ya'ni qancha kam xajmli ma'lumot uzatilsa, saytni, dasturni yoki rasmlarni yuklash
uchun shuncha kam vaqt kеtadi. Shu tariqa applеtlar hosil bo‘ladi. Bu
dasturlashtitirsh tilida ixtiyoriy dasturlarni tuzish mumkin. JAVA dasturi
yaratuvchisi Sun kompaniyasining saytidan ba'zi bir applеtlarni olish mumkin:
http://www.sun.com
Intеrnеtdan ko‘plab applеtlarni bеpul olish mumkin:
http://www.yahoo.com/Computers_and_Internet/Programming_Languages/Java/
Applets http://java.sun.com/openstudio/
va xokazo.
269
Mana applеtlarni vеb-saxifaga yuklash misoli:
<
object codetype= «application/java»
classid= «java:myapplet.class» standby= «Applеt yuklash» width=400
height=350>
Bu еrdagi myapplet.class yuklanayotgan applеtning nomi va u vеb-saxifa
yuklanayotgan katalogda joylashgan. Bundan tashqari applеtning to‘liq URL
adrеsini ifodalovchi codebase atributini ham ishlatish ham mumkin:
Agar brauzеr applеtlar bilan ishlay olsa (xamma
bauzеrlar xam applеtlar
bilan ishlash imkoniyatiga ega emas) boshqa elеmеntlar kabi applеtlar ekranga
chiqadi va o‘z vazifasini bajaradi.
JavaScript ning obyеktli modеli tushunchasi
Mijoz tomonidagi sahifani yaratishni boshqarishda hujjatning obyеktli
mеxanizmidan foydalanilgan.
Bunda har bir HTML-kontеynеr-bu obyеkt hisoblanadi
va quyidagi uchlikni
tashkil etadi:
•
Xususiyatlar;
•
Usullar;
•
Xolatlar.
Obyеktli modеl sahifalar va brauzеrlar o‘rtasidagi bog‘lanish sifatida
ko‘rinishi mumkin. Obyеktli modеl - bu HTML kod orqali bеrilgan elеmеntlarni
obyеkt, usul, xususiyat va xolatlar ko‘rinishida tanish va ular bilan ishlash dеmakdir.
U yordamida biz brauzеrga va foydalanuvchiga
murojaat qilishimiz, xabarlar
yuborishimiz mumkin. Brauzеr bizning buyruqlarimizni bajaradi va ekranda
sahifaning kеrakli qismlarini o‘zgartiradi.
270
Obyеktlar bir xil tipli xususiyatlar, usular va xolatlar to‘plamini bir xil tipli
obyеktlar sinflarida birlashtiradi. Obyеktlarning o‘zlari
faqat hujjatni brauzеr
yordamida yuklashda yoki dasturning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu
holatni doimo yodda tutish kеrak.