262
dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar
kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni
to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rishimiz mumkin.
Sintaksis
Selektor web sahifadagi barcha bir xil turdagi teglarga umumiy dizayn berish
uchun ishlatiladi. Qoida bo‘yicha CSS selektor va bayonot (declaration) dan tashkil
topgan bo‘ladi.
h1 - bu yerda selektor, figurali qavs ichidagi qiymatlar esa, bayonotdir.
Selektorni vazifasi HTML elementlarini ko‘rinishini siz hohlagan ko‘rinishda
bezatishdan iborat. Bayonot qismida bitta yoki undan ko‘p xossalar (property) bo‘lsa
nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi. Xossalar bilan uning qiymati esa o‘z navbati esa
ikki nuqta (:) bilan ajratiladi. Oxirgi elementdan so‘ng nuqtli vergul qo‘yilishi va
figurali qavs bilan yopilishi ham shart. Quyidagi misolda, p elementni joylashuvi
markazda, rangi esa qizil holatda bo‘lishini ko‘rasiz.
p {
color: red;
text-align: center;
}
CSS HTML dagi elementlarni masalan ism, id, klass, qiymatlar va boshqa
elementlarni belgilash uchun ishlatiladi.