• O`quvchi / Mijoz
  • Umumiy qoidalar.
  • Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha Ommaviy Taklif




    Download 21.73 Kb.
    bet1/9
    Sana22.03.2021
    Hajmi21.73 Kb.
    #13372
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha

    Ommaviy Taklif


    1. Terminlar va tushunchalar.


    Ommaviy taklif – bu shartnoma tuzish taklifidir. Shartnomaning o`zi taklifni so`zsiz qabul qilish orqali tuziladi.
    Taklif aksepti – 2.3 bandda ko`rsatilgan harakatlarni bajarish orqali taklifni to`liq va shartsiz qabul qilinishi. Taklif aksepti shartnomani qabul qilish hisoblanadi.
    O`quvchi / Mijoz – ushbu shartnoma shartlarini to`liq qabul qilgan har qanday vakolatli shaxs.
    O`quv markazi – “Soft Media Interaktiv” MChJ. Yuridik manzili: 150710, Qo`qon shahar, Turon ko`chasi 9. X/r: 2020 8000 9045 2194 5001; Milliy bank Qo`qon filiali. MFO: 00545. STIR: 206 494 714. OKED: 63120. Tel: 542-32-00.


    1. Umumiy qoidalar.




      1. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasiga binoan ushbu hujjat “Soft Media Interaktiv” MChJ (keyingi o`rinlarda O`quv markazi deb ataladi) har qanday jismoniy shaxsga (bundan keyin – O`quvchi / Mijoz) ushbu shartnomani tuzish va unda belgilangan barcha shartlarni qabul qilish uchun rasmiy ommaviy taklif hisoblanadi. Agar xizmatdan foydalanuvchi voyaga yetmagan bo`lsa, mijoz ota-onasi bo`lishi mumkin (vasiy, voyaga yetmaganning qonuniy vakili bo`lgan boshqa jismoniy shaxs).

      2. Ushbu taklif rasmiy hujjat bo`lib, Qo`qon shahri, Turon ko`chasi, 8 uyda joylashgan o`quv markazining ofisida namoyish etilishi mumkin. Shuningdek, internet global tarmog`ida www.billiongroup.uz saytida chop etilishi mumkin.

      3. Ushbu taklifda ko`rsatilgan shartlarni bajarish bo`yicha har qanday harakat, shu jumladan xizmatlar uchun to`lov; mijozning O`quv markaziga o`zining shaxsiy ma`lumotlarini taqdim etish (ism, familiya, tug`ilgan sana, telefon raqami); www.billiongroup.uz veb-saytida mijozning taklif shartlari bilan tanishganligini tasdiqlash, shuningdek shaxsning xizmatlardan foydalanish niyatini tasdiqlovchi boshqa harakatlar – ushbu taklifni to`liq va so`zsiz qabul qilish hisoblanadi.

      4. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369 va 370chi moddalariga binoan, quyida ko`rsatilgan shartlar qabul qilingan va tegishli miqdordagi to`lov to`langan taqdirda, ushbu taklifni qabul qilgan shaxs, bundan keyin o`quvchi / mijoz deb ataluvchi ushbu taklifni qabul qilgan tomonlardan biriga aylanadi (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370chi moddasining 4chi bandiga binoan taklifni qabul qilish (aksept) bu taklifda ko`rsatilgan shartlar bo`yicha shartnoma tuzishga teng hisoblanadi). O`quv markazi va o`quvchi / mijoz ham ushbu taklifda birgalikda tomonlar deb ataladi, alohida-alohida esa – Tomon deb ataladi.






    1. Download 21.73 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 21.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha Ommaviy Taklif

    Download 21.73 Kb.