Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha Ommaviy Taklif




Download 21,73 Kb.
bet6/9
Sana22.03.2021
Hajmi21,73 Kb.
#13372
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Umumiy qoidalar.

5.1. Dars kunlari O`zbekiston Respublikasida nishonlanadigan bayramlarga to`g`ri kelib qolgan holatda va binoga kirish cheklangan vaqtda, darslar bekor qilinadi va boshqa kunga o`tkaziladi.

5.2. 4.3 bandda ko`rsatilgan majburiyatlarni o`quvchi bajarmagan holatda, o`quvchi o`quv markazidan chiqarib yuboriladi va yetkazilgan zararning o`rnini qoplashga qadar muayyan turdagi javobgarlikni o`z zimmasiga oladi va to`langan summa keyingi oyga o`tkazilmaydi hamda qaytarib berilmaydi.

5.3. O`quv jarayoni u kutgan darajada bo`lmasa, 1-nchi dars so`nggidayoq yozma ravishda o`zining noroziligini bildirishi mumkin. Shu ariza uning to`lovlari qaytarib berilishiga asos bo`la oladi. Ikkinchi darsgacha ariza berilmasa, o`quv jarayoni sifatli o`tkazilgan deb hisoblanadi.

5.4. Agar o`quvchi uzrli sabablarga ko`ra ma`lum miqdordagi mashg`ulotlarni o`tkazib yuborsa, u O`quv markazini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirishi shart. O`quv markazi o`quvchini o`qishni davom ettirishga qaror qilganda, uni boshqa guruhga o`tkazish huquqiga ega.

5.5. Agar o`quvchi O`quv markazini o`tgan oyning oxirigacha yozma ravishda tark etish to`g`risida ogohlantirmagan bo`lsa, to`lov butun oylik mashg`ulot uchun to`liq miqdorda amalga oshiriladi.

5.6. Agar o`quvchi darslarni o`tkazib yuborsa, ilgari to`langan summa qaytarilmaydi.

5.7. Agar O`quv markazi o`z faoliyatini to`xtatsa yoki vaqtincha to`xtab qolsa, unda O`quv markazi qolgan darslarni 3 oy davomida to`lashga haqlidir.

5.8. O`quv markazi mijozga qoidalarni buzgan holatda, etnik nizolarni qo`zg`atish, boshqa o`quvchilarni dars mavzusidan chalg`itish, odobsiz gaplar, qo`pollik, o`qituvchini yoki boshqa o`quvchilarni haqorat qilgan taqdirda, mijozga xizmat ko`rsatishni to`xtatib qo`yish huquqini o`zida saqlab qoladi.

5.9. O`quv markazi ushbu shartlarga istalgan vaqtda mijozni ogohlantirib o`zgartirish yoki to`ldirish huquqiga ega.



5.10. O`quv markazi oldindan Tomonlar ko`ra olmaydigan yoki choralar ko`rishi mumkin bo`lmagan favqulodda hodisalar natijasida Shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga keladigan fors-major holatlari natijasida yuzaga kelgan vaziyatlarda ushbu Shartnomada ko`zda tutilgan majburiyatlarni to`liq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.




  1. Download 21,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 21,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha Ommaviy Taklif

Download 21,73 Kb.