66
• Har bir guruhga fikr bildiring, bunda yechimni sifatli va puxtalik bilan tanqid
qiling. Talabalarning yechimiga qo‘shimcha ravishda oldingi fikrlash va fikrlash
jarayoni ham muhimligini mustahkamlab tushuntiring.
Muammoga asoslangan ta’limda o‘qituvchining roli:
Yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘qituvchi talabalar uchun qiziqarli,
dolzarb va yangi bo‘lgan muammoni aniqlaydi.
Shuningdek, u talabalarni
tadqiqot qilish va bir nechta yechimlarni topishga jalb
qilish uchun yetarlicha
ko‘p qirrali bo‘lishi kerak. Muammolar o‘quv dasturidan kelib chiqadi va
kelajakdagi ish sharoitida foydalanish mumkinligini aks ettiradi
37
.
• Shu sababli talabalarga mos keladigan
muammoni aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun talabalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashi,
psixologiyasi inobatga olinishi lozim. Muammo qiyin bo‘lishi kerakki, talabalar
uni mustaqil ravishda hal qila olmaydilar. Shuningdek,
ularga yangi
ko‘nikmalarni o‘rgatish zarur. Muammoni talabalar bilan baham ko‘rayotganda,
uni ortiqcha ma’lumotsiz, kerakli ma’lumot bilan to‘liq bayon qilib bering.
Talabalarga muammo ustida ishlash jarayonida batafsil ma’lumot olishlariga
imkon berish samaralidir.
• Guruhlarga adolatli bo‘lish uchun talabalarni
xilma-xillik va malaka
darajalari yaxshi aralashgan guruhlarga joylashtirish muhim. Talabalarning
muvaffaqiyatli ishlashiga yordam berish kerak.
Buning usullaridan biri
o‘quvchilar o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini o‘zlari baholagandan so‘ng
guruh jarayonida turli rollarni o‘z zimmalariga olishlaridir.
37
Husanboyeva Q, Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi [Matn] /o‘quv qo‘llanma. T.: “Barkamol fayz
media” nashriyoti, 2018-yil. – 352 bet.
67
• Talabalarga mazmunni chuqurroq tushunishda va muammoni hal qilish
jarayonining turli bosqichlarini eng yaxshi tarzda
tartibga solishda yordam
berish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq.