63
qolmasdan, to‘liq matn bilan tanishish va asarning
tub mazmuniga tushunib
yetishga urunishlariga turtki beradi.
2. “Choliqushi” romanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan
foydalanish
o‘quvchilarning asar voqealarini
chuqurroq xis qilish
qahramonlarning ruhiy holatlarini anglay olish va hayot bilan solishtirish,
fikrlash va xulosa chiqarishga o‘rganishlarini ta’minlaydi.
3.
https://youtu.be/TvfGmcCrbSk
“Choliqushi” romani
asosida ishlangan filmni
ko‘rish uchun yo‘naltma berib o‘tdik. O‘quvchilarga asar matnini o‘qish bilan
birga asar asosida ishlangan serialni ham ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz.
Zamon talablarini hisobga olgan holda, o‘quvchilarni badiiy asarga qiziqtirish
uchun hozirda o‘zining ko‘p miqdorda kuzatuvchilariga ega bo‘lgan
ijtimoiy
tarmoqlardan ham unumli foydalanishimiz kerak.
2.2. “Choliqushi” romanini “Muammoli ta’lim texnologiyasi” orqali
o‘rganish
Muammoli ta’lim texnologiyasi haqida
Muammoga asoslangan ta’lim texnogiyasi nima?
Muammoga asoslangan ta’lim texnologiyasi tanqidiy fikrlaydigan,
ijodkorlikni masalaga ijodkorlik
bilan yondasha oladigan, mashg‘ulotlar
jarayonida hosil bo‘lgan ko‘nikmalarni hayotda o‘z o‘rnida qo‘llay oladigan
o‘quvchilarni yetishtiradi. Muammoli ta’lim texnologiyasi an’anaviy talimdan
tubdan farq qiladi. Bunda real muammoni hal qilish uchun talabalar guruh ichida
ishlaydi, munosabat bildiradi. Bu o‘z navbatida
bahs-munozaraga ham sabab
bo‘lishi mumkin. Muammoga asoslangan ta’lim orqali talabalar nafaqat jamoada
ishlash, muloqot qilish va tadqiqot ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, balki ular
hayoti davomida o‘rganish uchun muhim bo‘lgan tanqidiy fikrlash va
muammolarni hal qilish qobiliyatlarini ham kuchaytiradilar.
64
Muammoga asoslangan ta’limni amalga oshirishda o‘qituvchi roli
an’anaviy modeldan o‘zgaradi, bunda o‘qituvchi
tegishli materialni taqdim
etadi, sinfga nima qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi va talabalarga o‘z
bilimlarini qo‘llash uchun batafsil tushuntiradi. Muammoga asoslangan ta’lim
bilan o‘qituvchi fasilitator vazifasini bajaradi. Berilgan muammoni hal qilish
maqsadida talaba tomonidan boshqariladi.
Shuningdek, topshiriqlarning
uzunligi nisbatan qisqa vaqtdan butun semestrgacha bo‘lgan kunlik o‘qitish vaqti
guruhda ishlash uchun tuzilgan.