IV-BOB AMALIY MASHG’ULOTLAR




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

IV-BOB AMALIY MASHG’ULOTLAR 
 
4.1. Talabalarni jismoniy tarbiya qilishda yuklamalarni me’yorlash 
Jismoniy mashqlarni me’yorlash-talabalar salomatligini rivojlantirish masalalarini 
hal qilish shartlaridan biridir. 
Talabalar harakat faolligini me’yorlash muammosi muhim ahamiyatga ega, chunki 
oxirgi paytda yoshlarda o‘sib borayotgan gipodinimiya sezilmoqda. Bu o‘quv 
mashg‘ulotlar hajmining nafaqat auditoriyada, balki uyda ham kattaligi bilan bog‘liqdir. 
Natijada salomatligi qoniqarsiz, ortiqcha vaznga ega, turli kasalliklarga moyil, qomati 
buzilgan, ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan, ruhiyati tushkun talabalar foizi oshib bormoqda. 
Yoshlar salomatligini asrash va jismoniy sifatlar darajasini ko‘tarish uchun 
minimum 2,5 ming kkal energiyani sarflaydigan harakat rejimi zarur, bu ko‘rsatkich 
deyarli 600 motorli kkalni tashkil etadi. 
Harakat faolligi etishmovchiligi o‘sayotgan organizmning ko‘pgina funksiyalariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi va qator kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida patogenetik 
omil hisoblanadi. 
O‘smirlar harakat rejimidagi etishmovchilikning salbiy ta’siri ushbu yoshga xos 
bo‘lgan akselerasiya holati bilan murakkablashadi. Jismoniy tarbiya me’yorlarining 
noadekvatligi organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yoki, yuklamaga qarab, orqada 
qolishiga yordam beradi. 
Talabalarning harakat faolligi me’yorlarining gigenik tamoyillari D.Sharipova 
(1991) tomonidan ishlab chiqilgan. Ixtiyoriy harakat faolligi nafaqat harakatga bo‘lgan 
biologik ehtiyoj (kinezofiliya) emas, balki o‘quv mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya tizimi, 
shuningdek, iqlim sharoitlariga bog‘liq hamdir, deydi D.Sharipova. U talabalar harakat 
rejimini tashkil etish va gipodinamiyaning kuzgi qishki davrda oldini olishni tavsiya etadi. 


52 
M.Ya.Vilenskiy (1978) talabalar uchun harakat faolligining quyidagi optimal 
darajasini taklif etadi: sutkada 14-19 minut qadam yoki kuniga 1,3-1,8 soat istalgan 
mashg‘ulotlarda qatnashish. 
Bazaviy dasturda haftalik harakat rejimi tavsiya etiladi: erkaklar uchun 
sog‘lomlashtiruvchi yugurish 15-17 km, yakkacho‘pda tortilish 70-80 marta, gavdani 
oldinga engashtirish 90-120 marta; ayollar uchun-sog‘lomlashtiruvchi yugurish 12-14 km, 
turgan joyda skakalkada sakrash 350 marta, yotgan joydan gavdani ko‘tarish, qo‘llar bosh 
orqasida, oyoqlar jipslashtirilgan 100-120 marta, o‘rta tezlikda yurish 21-36 km. 
Taniqli fransuz mehnat fiziologlari Sherrer va Mono harakat faoliyatini quyidagi uch 
toifaga bo‘lishni taklif etdilar: 
-lohal ish: uni bajarishda 30 % mushaklar uncha ko‘p energiya sarflamasdan ishtirok 
etadilar. 
-regional ish: uni bajarishda 50 % mushaklar o‘rtacha energiya sarflab ishtirok 
etadilar; 
-global ish: 70 % kam bo‘lmagan mushaklar ancha energiya sarf qilib ishtirok 
etadilar. 
Dastlabki ikki kategoriya aniq sog‘lomlashtiruvchi samaraga ega emas. Faqat global 
harakatli faoliyat salomatlikni mustahkamlashaga yordam beradi. Ularning bajarilishi 
yurak-tomir, nafas olish tizimining jadal faoliyati va ko‘p energiya sarflanishi bilan 
bog‘liq. 
I.V.Muravov (1984) chidamlilik rivojlanishi bilan bog‘liq jismoniy yuklamalar qon 
aylanish organlari kasalliklarining rivojlanishi havfini ancha kamaytirishini aytgan. 
Semizlikda tana vaznini me’yorlashtirish uchun muntazam, uzoq davom etuvchi jismoniy 
yuklamalardan (1-1,5 soat davomida sekin yugurish, suzish, chang‘ida yurish, velosiped 
haydash) foydalanish kerak.


53 
Amerikalik olimlar salomatlikni asrash uchun har bir inson har kuni mushak 
kuchlarining evaziga 1200-2000 kkal sarflashi kerak, deb hisoblaydilar. Aqliy mehnat 
namoyondalari atigi 600-700 kkal energiya sarflaydilar. 
Jadvalda turli jismoniy mashqalar bilan shug‘ullanganda qancha energiya sarflanishi 
keltirilgan. 
Yuqori tezlikda sog‘lomlashtiruvchi yugurish, sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish 
energiya sarflash bo‘yicha etakchi o‘rinni egallaydi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish