• Kurs ishining ob’ekti
  • I BOB. TEXNIK MODELLASHTIRISHNING ASOSIY METODLARI. 1.1.Dizaynning vujudga kelishi.
  • I bob. Texnik modellashtirishning asosiy metodlari




    Download 206 Kb.
    bet2/7
    Sana19.01.2024
    Hajmi206 Kb.
    #141501
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Badiiy modellashtirish mazmuni
    4.Mavzu Pedagogik amaliyotda, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 10-sinf-jismoniy-namuna, katak, M B 1-amaliy ish, Tereń úyreniw usillari, M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Amaliy dars №11. Anylogic asosida bir kanalli xotirasi cheksiz o-fayllar.org (1), Mavzu Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja Paket va kanal-fayllar.org, BELBOG\'LI KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI , Stol servirovkasi, Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati, Tangirov Umar Jo’raqul o’g’li, Yong\'inni o\'chirishda chet el tajribasi
    Kurs ishining maqsadi: Ijodkorlik va dizayin yoshlarni ijodkorlikka, yaratuvchanlikka intilish kabi tuyg‘ularni tarkib toptirish kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
    Kurs ishining vazifalari:

    1. Dizaynning vujudga kelishi o’rganish.

    2. Dizayn va model tushunchasini o’rganish.

    3. Badiiy modellashtirishning mazmuni o’rganish.

    4. Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish o’rganish.

    Kurs ishining ob’ekti: Badiiy modellashtirishning mazmunini o’rganish.
    Kurs ishi predmeti: Badiiy modellashtirishning amaliy ahamiyati .
    Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob (4 ta paragraf), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat
    I BOB. TEXNIK MODELLASHTIRISHNING ASOSIY METODLARI.
    1.1.Dizaynning vujudga kelishi.
    Dizayn - ingliz tilidan olingan bo'lib, chiroyli, shinam, yaxshi loyiha degan ma`noni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom - konstruktor. Buyum bilan har qanday tanishish ma`lum darajada unga baho berish bilan bog'liq. Baho berish funktsional, estetik, ijtimoiy - nufuzli bo'lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug'ullanadigan kishi o'zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim. Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu munosabat bilan uning nazariyasini ishlab chiqishga bolgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu o'z-o'zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot tomonidan qo'yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkin. Shu haqiqatni ochiq aytish lozim, bizning mamlakatimizda dizayn imkoniyatlaridan tola ravishda foydalanilayotgani yo'q. Bu borada vujudga kelgan muammoni tushunish mumkin; chunki birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo'lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyati bilan bog' liqligidir, uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog'lanib ketganligidir.
    Shu boisdan dizaynning nazariy muammolari ko'p qirrali bo'lib, u turli nazariy bosqichlarda o'zining o'rganib chiqilishini talab etadi. Modomiki, dizayn ommaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilar ekan, uni moddiy ishlab chiqarish va iste`mol tizimida ro'y beradigan jarayonlar munosabati bilan ko'rib chiqish lozim bo'ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o'rin tutishidan ayricha holatda hisobga olmasdan turib, hal etish mumkin emas, zero dizayn moddiy va ma`naviy ishlab chiqarishda, texnika va san`at o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini bajaradi.
    Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika, ijtimoiy-iqtisodiy, ergonomik hamda estetik aspektlari bilan bog'liq holda sanoat mahsulotlarining shaklini vujudga keltirish, badiiy konstruktsiyalashning asosiy tamoyillari va metodlari bilan bog'liq holda ko'p muammolar nuqtai nazaridan turib o'rganadi. Hozirgi kunda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar favqulodda faollik ko'rsatayotganliklariga qaramasdan, dizayn muammolarini tushunishda hamon biron-bir to la va qatiy nazariya vujudga kelmagan. Dizaynning umumiy nazariyasi roliga davo qilayotgan bir qator taniqli kontseptsiyalar amalda uning mazmuni bilan bog'liq u yoxud bu jihatni aks ettirishdan o'zga narsa emas.
    Hozirgi zamonga kelib, dizaynning bir necha ishchi definitsiyalaridan foydalanilmoqda. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san`ati», «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir- biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb da`vo qiladilar.Masalaning bunday turli-tuman shaklda qo'yilishi estetik va badiiy faoliyatning nisbati to'g'risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifalar turibdiki, bularning qay darajada hal etilishiga qarab badiiy konstruktsiyalash amaliyoti rivojlanadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni iste`mol qilish o'rtasidagi garmonizatsiyalash muammosi ularning iste`mol qilinishini prognozlashtirish maqsadida ijtimoiy iste`mollar dinamikasini o'rganishni taqozo etadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o'rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o'zlashtirilgan hamda ma`lum maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini ta`minlash mumkin emas. Ushbu ulkan muammoni hal etish uchun, avvalo, estetik ijtimoiy iste`molning predmeti va mohiyati to'g'risida qo'shimcha ravishda qoniqarli javob topish lozim bo'ladi, chunki estetik iste`mol, umuman, qadriyat nima, degan savolga javob topishni talab qiladi. Bu savollarga qoniqarli javob berish - butun boshli estetik kontseptsiyani qurish demak. Bu holat birgina texnik estetik vositasida hal etib bo'lmaydi. Bunday kontseptsiyani qurish yuqori darajadagi texnik abstraktlashuvning yanada yuqori bosqichga ega bo'lishini talab qiladi. Bunday qiyinchiliklarga barham berish uchun texnik estetika, umumiy estetika, san`at sotsiologiyasi, aksiologiya, semiotika va boshqa fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yurgizishi lozim bo'ladi. Shunisi maqtovga sazovorki, so'nggi yillarda umumiy estetik va texnik estetik sohasida ish olib borayotgan tadqiqotchilar o'rtasida yaqin munosabat o'rnatildi. Shuni ham alohida ta`kidlash lozimki, boshqa fanlar tomonidan ko'rsatiladigan bunday yordamga birgina estetika fani ehtiyoj sezayotgani yo'q. Biroq texnik estetika ko'pgina dolzarb muammolarni kun tartibiga qo'yilishi bilanoq umumiy estetikaning olg'a siljishiga katta yordam bermoqda. Ko'pgina munozarali masalalar (estetik va badiiy faoliyat hamda uning mahsulot nisbati, estetik qadriyatlar tabiati va ularni baholash, notasviriy san`atda badiiy obraz muammosi, buyumda shakllar va funktsiyalar nisbati va hokazo) umumiy estetika fani qarshisida o'zlarining yangi qirralari bilan namoyon bo'ldi.
    Dizaynni vujudga keltiruvchi ko'rgazmali muhit san`atga nisbatan ma`lum ma`noda ishonchliroq estetik xarakteristika bera oladi. O'z vaqtida taniqli rus san`atshunosi V.V.Stasov shunday deb yozgandi: «haqiqiy, xayoliy bo'lmagan xalq san`ati faqat mening zinapoyam ham, xonam ham, stakanim ham, qoshig' im ham, stolim ham, shkafim ham, pechkam ham, shamdonim ham, shu qabilda eng so'nggi buyumimgacha go'zal bo lgan joydagina mavjuddir... u yerda yashashga zarur bo lgan mayda buyumlar badiiy bo'lmog'i uchun ehtiyoj yo'qdir, u yerda san`at hali qumda o'smoqda, haqiqiy ildiz otishga ulgurmagan... Estetik buyum (ommaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) va sub`yekt (ommaviy iste’molchi) o'rtasidagi o'zaro aloqa ob`yektiv tadqiqot uchun ancha qulaydir, bu esa turli-tuman, jumladan, tahlilning statistik metodidan foydalanish imkonini beradiki, bularning hammasi estetik sir-asror olami sari dadil qadam qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yuqorida bayon etilgan mulohazalar umumiy va texnik estetika sohasida mutaxassislarning o'zaro bir-birlarini tushunishlari yuqori darajada bo'lishligiga erishmoq har ikki sohaning nazariyasi rivojlanishiga ko'maklashadi.
    Dizaynning maqsadi inson bilan uni qurshab turgan mehnatga, turmushga, madaniyatga jalb etuvchi predmetli muhit bilan maksimum darajadagi uyg’unlikni vujudga keltirishdan iborat. Xo'sh, dizayn bu maqsadni qanday qilib amalga oshiradi? Ko'p hollarda biz dizaynerning ishi ilmiy-tadqiqot, muhandislik-texnik va badiiy faoliyat sifatida baholanishiga o'rganib olganmiz. Haqiqatan ham, dizaynerning mazkur sohalar bo'yicha faoliyati nisbatini o'rganar ekanmiz, ular o'rtasida juda ko'p umumiy jihatlar ko'zga tashlanadi. Biroq uni faoliyatning u yoki bu sohasidagi o'ziga xos xususiyatlar olami bilan qorishtirib yuborish yoki ikki qo'shiluvchi umumiy summasi sifatida namoyish etish yaramaydi. Afsuski, bunday amaliyot hayotda tez-tez uchrab turadi.
    Dizaynerdan professional sifatida «iste`dodning turli qirralariga ega bo'lishi talab qilinadiki, bu iste`dod birgina rassomning iste`dodi bilan yoxud mutaxassis sifatida faqatgina loyihalash tafakkuri bilan chegaralanishni tan olmaydi, uning uchun yuksak darajada rivojlangan keng tafakkurni, jismoniy o'ziga xos xususiyatlarni, materialning tabiiy go'zalligini nozik fahmlovchi, yuqori darajada rivojlangan didni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biluvchi sifatlar ham xos bo'lmog'i lozim. Dizaynerlik kasbi maqomi yuqori ixtisos, o'z mehnatining ijtimoiy ahamiyati uchun mas’uliyatni his etish, sanoat mahsulotlari assortimentini optimallashtirish orqali xalq turmush darajasini oshirish natijasida shakllanadi. Dizayner kasbiga bo'lgan talab maxsus o'quv adabiyotida ana shu tartibda qo'yilgan. Haqiqatan ham dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, ergonomik, muhandislik psixologiyasi bo'yicha ma`lum bir tushunchaga ega bo'lishi lozim. Bu uning faoliyatidagi zarur, ammo yetarli darajada bo'lmagan shart- sharoitdir. Bu sifatlarsiz uning turli soha mutaxassislari bilan muloqotga kirishishi mumkin emas. Faoliyatning ana shu turlaridan har biri maxsus va uzoq tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi. Shu boisdan dizayner ushbu bilimlar borasida hech qachon ular bilan bir bosqichga ko'tarila olmaydi.Rassom-konstruktor sanoat mahsulotlarini umumiy loyihalashda ishtirok etuvchi mutaxassislardan biri sanaladi. Shuni qayd etish o'rinli bo'lur ediki, moddiy ishlab chiqarish rivojlangan hozirgi davrda loyihalash faoliyatning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqdi, bu esa, sanoatning differentsiatsiyasi va serebralizatsiyasida oqibat hamda zarur bosqich sifatida ahamiyat kasb etdi. Texnik loyihalashning industriyadan ajralib chiqishi bu sohada qo'yilgan muhim odim bo'ldiki, bundan keyin bizning davrimizga kelib, dizaynning texnik loyihalashdan ajralib chiqishiga navbat keladi.
    Shunday qilib, dizayn moddiy ishlab chiqarish ustidan keyingi o'rinda turuvchi usturmadir. U sanoatning hamma jabhasida ham loyihalashning alohida turi sifatida ajralib chiqmagan. Ko'p hollarda dizayner fan-texnika jamoasi bilan birga ishlaydi. Qisqacha ifodalaganimizda, mazkur jamoaning faoliyatini, asosan, quyidagicha ifodalash mumkin:

    • Ixtirochilik, ya`ni yangi ish qurollari, asboblar, mashinalar va hokazo; hamisha yagona, inventariantlilikni ixtiro etish;

    • Ob`yektlar o'rtasidagi yoki ob`yektlar qismi o'rtasidagi yangi aloqalarni o'rnatish bilan joylashtirish; bu faoliyat o'zining mohiyatiga kora ko'p variantlidir;

    • konstruktsiyalash, ya`ni mavjud texnikani takomillashtirish uchun ma`lum dastur bo'yicha konstruktsiyalash.

    Dizaynerning mehnat faoliyatini tort bo'lakka bo'lish mumkin:



    1. asos qilib olingan maqsadning mavjud bo'lishi; 2) asos qilib olingan maqsad yoxud prototipning mavjud bo'lishi; 3) asos qilib olingan topshiriqlarni kompanovka metodi ostida bajarish; 4) asos qilib olingan ob`yekt ishida yangi sifatga ega bo'lish yoxud yangi ob`yektlarni barpo etish.

    Shuni ta`kidlash kerakki, texnika taraqqiyoti dizaynning ayrim namunalari umrini qisqartiradi, joylashtirishning ba’zi tamoyillari esa goho asrlar, hatto ming yillar davomida foydalaniladi. Dizayn tomonidan qo'yilgan maqsad ikki xil tabiatga ega bo'lib, u ham konkret-utilitar, ham ijtimoiy xarakterga molikdir. Stixiyali dizaynerlik faoliyati XIX asrning oxiriga kelib o'z oldiga utilitar maqsadlarni qo'ydi. Faqat XX asr boshiga kelib dizayn stixiyali faoliyat maqomiga ega bo'la olgach, uning komplekslarga bo'lgan munosabati aniqlashdi. Buyumlar guruhining ijtimoiy oqibatlari ham aniq ajralib chiqdi. Buyumlar ishlab chiqaruvchilar bilan dizaynerlar o'rtasida aloqa mustahkamlandi. Keyinchalik dizayn maqsadi ham progressiv, ham konservativ, ham reaktsion bo'lishi mumkinligini dizaynerlar birinchi bo'lib belgilab berdilar. Keyinchalik amaliyot ularning dunyoqarashi to'g'ri ekanligini isbotladi.
    Dizaynning kundalik loyihadan farqi shundaki, dizayn ishtirok etishi bilan biz sifat jihatdangina emas, samara jihatidan ham yangi bosqichga ega bo'lamiz. Texnik loyihalash u yoxud bu buyumga yangi funktsiya bag' ishlay olmaydi yoxud o' sha buyumni faqat bitta, ixtisoslashgan funktsiyasiga moslashtiradi. Hali bu fikrlarning hammasi ham dizayn haqida hamma fikrlarni anglata olmaydi. «Sanoat mohiyatida, - deb yozgan edi K.M. Kantor, - dizayn yetakchi o'rin tutadi. Dizayn orqali sanoat loyihalashi ijtimoiy-madaniy impulslar kasb etadi, dizayn orqali madaniyat va texnikaning hukmronlik qiluvchi aloqasi hukm suradi».Rassom-konstruktor loyihalash va ishlab chiqarishning hamma ishtirokchilari bilan birgalikda chiqarilgan mahsulot uchun baravar javobgar bo'lsa-da, dizaynerlik loyihalashi bari bir loyihalash faoliyatining bir turidan boshqa narsaga da`vo qilolmaydi. Dizaynerni mahsulotlarni loyihalash faoliyatining sohasi bo'yicha vakili deb atashadi. Xuddi ana shu yerdan uning muhandislik faoliyati farq qilib turuvchi topshiriqlar ajralib chiqadi. Vazifalar bunday sinfining turli ob`yektlarni loyihalash chog'ida ularning konkret funksiyasiga umumiy jihatlari bo'lmasligi mumkin. Bu vazifalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida «inson omili» bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Agar vazifa texnika talablarining hamma shartlariga javob bersa, u holda ish muvaffaqiyatli bajarilgan deb hisoblanadi. Biroq bunda mahsulot bilan insonning optimal o'zaro aloqasi muhandislarning e`tiboridan tashqarida qoladi.
    Texnik loyihalash doirasiga quyidagilar kiradi: buyumning ishonchli bo'lishiga, mustahkamligiga, samarador faoliyat ko'rsatishiga erishish. Bunday taqqoslash muhandisning faoliyatini rassom-konstruktorning mehnati bilan taqqoslash chog'ida aslo kamsitilmaydi. Shunchaki ularning oldiga qo'ygan vazifalari turli- tuman bo'lib, ular bu vazifalarni turli-tuman yo'llar bilan: ham ijodiy, ham ijodiy bo'lmagan omillar vositasida bajarishlari mumkin. Hayotda dizaynga bo lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki ishlab chiqarishda, transportda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda yil sayin an`anaviy loyihalar yaratishda uzilish borgan sari oshib bormoqda. Shu narsa haqiqat bo'lib qoldiki, keyingi yillarga kelib, samolyotlarning, temir yo'l poyezdlarining va avtomobillarning tezligi oshishi natijasida mazkur transport vositalarida halokatlarning soni ko'paydi. Nega? Chunki uchuvchi, mashinist yoki haydovchi tezlikni oshirar ekan, texnikani boshqara olmaydi, vaziyatni to'g'ri baholay olmay, boshqarish uchun zarur bo'lgan operatsiyani boshqara olmay qoladi. Shuningdek, yana bir haqiqat yuzaga qalqib chiqdiki, stanok yoki murakkab texnik kompleks yonida band bo'lgan xodimning ko'p vaqti aksariyat hollarda boshqaruv organlari konstruktsiyasining, axborot beruvchi priborlarning va hokazolarning yetarli darajada mukammal bo'lmaganini yengib o'tish uchun sarflanar ekan.
    Bularning natijasi yangi tipdagi dizaynerlik ixtisosining maydonga chiqishiga olib keldi. Mazkur ixtisosning asosiy vazifasi muhandislik yo'li bilan ishlab chiqilgan u yoki bu texnik qurilma o'rtasida ana shunday qurilmani boshqarish lozim bo'lgan operator o'rtasida kelishuvga erishishdan iborat bo'ladi. Shunday qilib, dizaynerning oldiga qo'yilgan inson-operator, inson-haydovchi (qisqasi, iste`molchi) bevosita qaddi-qomati bilan aloqaga kirishadi, ob`yektni bevosita his etadi. Xullas, dizaynerni loyihalash bo'yicha muhandislik konstruktsiyalari bilan inson-iste`molchi o'rtasidagi kelishtiruvchi halqa deb atash mumkin ekan.
    Mashinalarning xarakteristikasi o'zgargan chog'da, inson omili, qat`iy qilib gapirganimizda, antropometriya, ergonomika, psixofiziologiya va hokazo bilan chegaralanadi.Biroq u haqiqat ham e`tibordan tashqarida qolmasinki, inson tanasining eng yaqin antropometrik parametrlari ifodalanishi ham stereometriya namunalarida yoki differentsial tenglamalar tizimida qo'pol qurilmalarning vujudga kelishiga olib kelgan bo'lur ediki, buning natijasida bunday qurilmalardan bugungi kunda amalda foydalanish mumkin emasdir.Insonning mushak faoliyatida shuni aytish mumkin: eng oddiy hatti-harakatlarda bunday mushak juda katta erkinlikka ega. Zamonaviy matematik apparat esa bunday murakkab tizimni moddalashtira olmaydi.
    Demak, muhandis inson to'g'risidagi tabiiy fanlarni o'z faoliyatiga jalb etish bilan birga insonning ob`yekt bilan o'zaro aloqasini ifodalaydigan muhim parametrlarni va xarakteristikalarni ochib bera olmaydi. Rassom-konstruktor yuqorida nomlari keltirilgan fanlar chiqarib berishga qodir bo'lmagan fanlarga hukm chiqarib berishga jalb etilgandir.
    Dizayn (ing. design - loyiha, chizma, rasm) - narsalar muhitini estetik va funktsional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste`mol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oquv materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida G'arbiy Evropa va AQShda shakllandi. 80-yil 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bo'lishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oquv yurtlarida tayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham inter`yerlar va sanoat grafikasi, libos dizayn bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi.Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o'z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi.Yaratilayotgan har qanday ob`yekt ma`lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Ob`yektning shakli, o'lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo'lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo'lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba`zan tugallangan ob`yektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi.Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo'ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki ma`naviy faoliyatining o'zagi bo'lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo'lib borgan sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi.Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo'lib, unga yordamchi omil vazifasini o'taydi. Juda ko'p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog'liq ekan.Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo'yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
    Eng yaxshi san`at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg'usini uyg'unlashtiradi, tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.
    Estetik ong oddiy his-tuyg'u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e`tiqoddir.
    Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o'zini anglash darajasi bilan bog'liq. Estetik ong shakllangan e`tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o'z-o'zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir.
    Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya`ni san`atda eng sof holda ko'rinadi. Shu bois san`at estetik faoliyatning ixtisoslashgan ko'rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun san`atga murojaat qilish maqsadga muvofiq keladi. Chunki san`at o'z tabiatiga kora ijodiy maqsadga qaratilgan, «nafosat qonunlariga rioya qilingan» bo'lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari ko'rinadi.
    Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini - mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma`naviy kuch-qudratining mohiyatini ko'proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko'proq ortib boradi.
    Mehnatning estetik jihatdan to'laqonli bo'lishi, birinchi navbatda, ob`yektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog'liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o'rin tutadi.
    Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma`naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta`rifi yaratilmagan. Lekin ko'pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar.Texnik estetika o'zining tabiiy tomoni bilan bevosita texnika bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo'lib, u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn va san`atning o'zaro munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o'rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko'p samaralar berishi mumkin.
    Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo'ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmadi. Dizayn san`atdan bahra oladi. San`at bilan dizayn o'rtasida umumiylik bo'lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san`atdan qanday farq qiladi? Ayonki, badiiy faoliyat u yoki bu ko'rinishida faqat g'oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog'liq. San`at, avvalo, ma`naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san`atning tub mohiyatini ifodalaydi.San`at estetik qadriyati ma`lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya`ni san`at asari moddiylikdan ko ra ko'proq ma`naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo'ladi. Dizayn mahsulotlari mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy «foyda» xususiyati bo'rtib turadi.Bu yerda narsaning burch-vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi.San`at bilan dizayn o'rtasidagi farq haqida gapirganda, san`at mansubligidan asari qaysi moddiy tizimga, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat`iy nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini takidlash kerak.Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo'lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati muayyan narsalar «tizimi»ga anchalik mos kelishi bilan o'lchanadi, yani dizayn faoliyatining obyektini alohida olingan mashina emas, balki o'zining barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko'rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi shart.
    Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bolgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda.

    Download 206 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 206 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Texnik modellashtirishning asosiy metodlari

    Download 206 Kb.