Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish




Download 206 Kb.
bet6/7
Sana19.01.2024
Hajmi206 Kb.
#141501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Badiiy modellashtirish mazmuni
4.Mavzu Pedagogik amaliyotda, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 10-sinf-jismoniy-namuna, katak, M B 1-amaliy ish, Tereń úyreniw usillari, M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Amaliy dars №11. Anylogic asosida bir kanalli xotirasi cheksiz o-fayllar.org (1), Mavzu Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja Paket va kanal-fayllar.org, BELBOG\'LI KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI , Stol servirovkasi, Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati, Tangirov Umar Jo’raqul o’g’li, Yong\'inni o\'chirishda chet el tajribasi
2.2. Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish.
Shuni ta’kidlash kerakki, texnika taraqqiyoti dizaynning ayrim namunalari umrini qisqartiradi, joylashtirishning ba’zi tamoyillari esa goho asrlar, hatto ming yillar davomida foydalaniladi. Dizayn tomonidan qo‘yilgan maqsad ikki xil tabiatga ega bo‘lib, u ham konkret-utilitar, ham ijtimoiy xarakterga molikdir. Stixiyali dizaynerlik faoliyati XIX asrning oxiriga kelib o‘z oldiga utilitar maqsadlarni qo‘ydi. Faqat XX asr boshiga kelib dizayn stixiyali faoliyat maqomiga ega bo‘la olgach, uning komplekslarga bo‘lgan munosabati aniqlashdi. Buyumlar guruhining ijtimoiy oqibatlari ham aniq ajralib chiqdi. Buyumlar ishlab chiqaruvchilar bilan dizaynerlar o‘rtasida aloqa mustahkamlandi. Keyinchalik dizayn maqsadi ham progressiv, ham konservativ, ham reaksion bo‘lishi mumkinligini dizaynerlar birinchi bo‘lib belgilab berdilar. Keyinchalik amaliyot ularning dunyoqarashi to‘g‘ri ekanligini isbotladi.
Dizaynning kundalik loyihadan farqi shundaki, dizayn ishtirok etishi bilan biz sifat jihatdangina emas, samara jihatidan ham yangi bosqichga ega bo‘lamiz. Texnik loyihalash u yoxud bu buyumga yangi funksiya bag‘ishlay olmaydi yoxud o‘sha buyumni faqat bitta, ixtisoslashgan funksiyasiga moslashtiradi. Hali bu fikrlarning hammasi ham dizayn haqida hamma fikrlarni anglata olmaydi. «Sanoat mohiyatida, - deb yozgan edi K.M. Kantor, - dizayn yetakchi o‘rin tutadi. Dizayn orqali sanoat loyihalashi ijtimoiy-madaniy impulslar kasb etadi, dizayn orqali madaniyat va texnikaning hukmronlik qiluvchi aloqasi hukm suradi».
Rassom-konstruktor loyihalash va ishlab chiqarishning hamma ishtirokchilari bilan birgalikda chiqarilgan mahsulot uchun baravar javobgar bo‘lsa-da, dizaynerlik loyihalashi bari bir loyihalash faoliyatining bir turidan boshqa narsaga da’vo qilolmaydi. Dizaynerni mahsulotlarni loyihalash faoliyatining sohasi bo‘yicha vakili deb atashadi. Xuddi ana shu yerdan uning muhandislik faoliyati farq qilib turuvchi topshiriqlar ajralib chiqadi. Vazifalar bunday sinfining turli obyektlarni loyihalash chog‘ida ularning konkret funksiyasiga umumiy jihatlari bo‘lmasligi mumkin. Bu vazifalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida «inson omili» bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Agar vazifa texnika talablarining hamma shartlariga javob bersa, u holda ish muvaffaqiyatli bajarilgan deb hisoblanadi. Biroq bunda mahsulot bilan insonning optimal o‘zaro aloqasi muhandislarning e’tiboridan tashqarida qoladi.
Texnik loyihalash doirasiga quyidagilar kiradi: buyumning ishonchli bo‘lishiga, mustahkamligiga, samarador faoliyat ko‘rsatishiga erishish. Bunday taqqoslash muhandisning faoliyatini rassom-konstruktorning mehnati bilan taqqoslash chog‘ida aslo kamsitilmaydi. Shunchaki ularning oldiga qo‘ygan vazifalari turli-tuman bo‘lib, ular bu vazifalarni turli-tuman yo‘llar bilan: ham ijodiy, ham ijodiy bo‘lmagan omillar vositasida bajarishlari mumkin. Hayotda dizaynga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki ishlab chiqarishda, transportda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda yil sayin an’anaviy loyihalar yaratishda uzilish borgan sari oshib bormoqda. Shu narsa haqiqat bo‘lib qoldiki, keyingi yillarga kelib, samolyotlarning, temir yo‘l poyezdlarining va avtomobillarning tezligi oshishi natijasida mazkur transport vositalarida halokatlarning soni ko‘paydi. Nega? Chunki uchuvchi, mashinist yoki haydovchi tezlikni oshirar ekan, texnikani boshqara olmaydi, vaziyatni to‘g‘ri baholay olmay, boshqarish uchun zarur bo‘lgan operatsiyani boshqara olmay qoladi. Shuningdek, yana bir haqiqat yuzaga qalqib chiqdiki, stanok yoki murakkab texnik kompleks yonida band bo‘lgan xodimning ko‘p vaqti aksariyat hollarda boshqaruv organlari konstruksiyasining, axborot beruvchi priborlarning va hokazolarning yetarli darajada mukammal bo‘lmaganini yengib o‘tish uchun sarflanar ekan.
Bularning natijasi yangi tipdagi dizaynerlik ixtisosining maydonga chiqishiga olib keldi. Mazkur ixtisosning asosiy vazifasi muhandislik yo‘li bilan ishlab chiqilgan u yoki bu texnik qurilma o‘rtasida ana shunday qurilmani boshqarish lozim bo‘lgan operator o‘rtasida kelishuvga erishishdan iborat bo‘ladi. Shunday qilib, dizaynerning oldiga qo‘yilgan inson-operator, inson-haydovchi (qisqasi, iste’molchi) bevosita qaddi-qomati bilan aloqaga kirishadi, obyektni bevosita his etadi. Xullas, dizaynerni loyihalash bo‘yicha muhandislik konstruksiyalari bilan inson-iste’molchi o‘rtasidagi kelishtiruvchi halqa deb atash mumkin ekan.
Mashinalarning xarakteristikasi o‘zgargan chog‘da, inson omili, qat’iy qilib gapirganimizda, antropometriya, ergonomika, psixofiziologiya va hokazo bilan chegaralanadi.
Biroq u haqiqat ham e’tibordan tashqarida qolmasinki, inson tanasining eng yaqin antropometrik parametrlari ifodalanishi ham stereometriya namunalarida yoki differensial tenglamalar tizimida qo‘pol qurilmalarning vujudga kelishiga olib kelgan bo‘lur ediki, buning natijasida bunday qurilmalardan bugungi kunda amalda foydalanish mumkin emasdir.
Insonning mushak faoliyatida shuni aytish mumkin: eng oddiy hatti-harakatlarda bunday mushak juda katta erkinlikka ega. Zamonaviy matematik apparat esa bunday murakkab tizimni moddalashtira olmaydi.
Demak, muhandis inson to‘g‘risidagi tabiiy fanlarni o‘z faoliyatiga jalb etish bilan birga insonning obyekt bilan o‘zaro aloqasini ifodalaydigan muhim parametrlarni va xarakteristikalarni ochib bera olmaydi. Rassom-konstruktor yuqorida nomlari keltirilgan fanlar chiqarib berishga qodir bo‘lmagan fanlarga hukm chiqarib berishga jalb etilgandir.
Dizayn (ing. design - loyiha, chizma, rasm) - narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste’mol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va o‘quv materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida G‘arbiy Evropa va AQShda shakllandi. 80-yil 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos dizayn bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirig‘ini tuzishdan obyektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va matn shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Biron loyihachi loyiha ishlarining barcha sohalarini to‘liq bilmaydi, shuning uchun ham loyihalashtirish mavzu yig‘ish va tahlil qilishdan boshlanadi.
Ishlarning tayyorgarlik bosqichini ikki tarkibiy qismga bo‘lib chiqsa bo‘ladi: loyihalashtirishga oid dastlabki topshiriqni o‘rganib chiqish va loyiha mavzusi bilan batafsil tanishib chiqadi. Bu o‘rganish quyidagilarni ko‘zda tutadi: belgilangan shartlar asosida maqsad va vazifalarni aniqlash; bo‘lajak mahsulot (yoki muhit) o‘lchamlarini ularning asosiy tafsilotlarini o‘zlashtirish; muhim xizmatga oidlik aloqalarini ochib tashlash; maxsus adabiyotlarni ko‘rib chiqish, o‘rganish; loyiha tarkibi bilan tanishish; nazorat ishining muddatlari; loyihani topshirishning eng oxirgi vaqtini aniqlash. Ish, harakat (ishlab turish) tahlili birinchi darajali ahamiyatga ega, buyum qanday harakat qilayapti yoki harakat qilishi kerakligini, uning xususiyatlarini ulardan foydalanish tajribasini va qaysi amaliy vazifalarini hal qilishi kerakligini ko‘rsatish kerak.Ergonomik tadqiqot mana shu vaziyatga muvofiq mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflanadigan optimal, eng qulay va rejali quvvatni barpo etish uchun zarur asoslarni topa bilishi kerak, (uy jihozi, idish tovoq, boshqaruv pultlari, dastgohlar). Optimal, ergonomik sharoitlar, ma’lum ruhshunoslik muhit insonning samarali mehnati uchun so‘zsiz talablar bo‘lib hisoblanadi.
Mumkin bo‘lgan turli holatlarda loyihani o‘rganish loyihalashtirishning birinchi qadamlaridan boshlab, tajriba va ilg‘or texnologiyani hisobga olgan holda, shu sharoitda aql-idrokka asoslangan yo‘ldan borish uchun dastlabki shart- sharoitlarni yaratib beradi.Haqiqiy, mavjud mavzuni o‘rganish o‘z xususiyatlariga ega. Bu yerda mahsulotni mufassal o‘rganish kerak, uning o‘rniga mahsulotga mahliyo bo‘lib qolish bilan chegaralanish xavfi bor. Estetik jihatdan (g‘ayri ixtiyoriy) qabul qilish tahliliy (analitik) qabul qilish bilan, albatta, birga borishi kerak. Bu ma’noda rasm chizish foydalidir. U, fotoapparatda suratga olishga qaraganda, buyumlarning tashqi qiyofasini faolroq qabul qilib olishga majbur etadi. Aniq bo‘linishlarga ega jadvalni yonma-yon qo‘yib, mahsulot o‘lchamini qayd etish juda muhimdir. Buning uchun aniq bo‘linishlar bilan imkoniyat mavjud bo‘lishi kerak. Agar imkoniyat mavjud bo‘lsa, mahsulotni o‘lchab uning rangini aynan tiklash ma’qulroqdir.
(Analog) o‘xshash, o‘xshashlik yoki (prototip) timsolni badiiy loyihalovchi nuqtai nazaridan tahlil amalga oshirilsa, loyihalashtirish ham timsol asosida olib boriladi. Bu yerda hunarmandchilik ishlab chiqarilishi davridagidek, buyumning o‘zi axborotning asosiy manbaidir.
Ayniqsa, ro‘zg‘or anjomlarining eskirib qolish jarayoni yaqqol ko‘zga tashlanadi (idish – tovoq, oshxona uskunalari, ro‘zg‘or elektr asboblari). Vaqt - vaqti bilan o‘tirg‘ichlar, ko‘rgazmali taxtalar, qutilar, do‘konchalarni yangilab turish kerak.
Timsol tahlili nuqtai nazaridan har xil hodisalarni o‘z ichiga olishi va buyumni estetik tomonidan ham, manfaatdorlik tomonidan ham baholash imkonini beradigan aniq uslubiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Bu shakl ko‘z bilan qilingan tahlili, loyihaning ishga oidlik tahlili, foydalanilayotgan matolarning qabul qilingan ishlov berish usullari iqtisodiy ko‘rsatchiklari tahlili, shuningdek, undan foydalanish masalalarining ham tahlilidir.
Ishga oid tahlili bir tomonlama, allaqachon mavjud bo‘lgan tajribaga mahsulot iste’molchilari tomonidan baholanishiga tayanadi, ammo bu tahlilda asosiy narsa loyihalashtiruvchini zarur paytda mutaxassislarni o‘zi topib mahsulotni chuqur tekshirishi bo‘lib hisoblanadi.Ishga oidlik tahlili odatda bitta emas, balki bir nechta aniq xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi va loyihalashtiruvchini murosa yo‘lini topishga majbur etuvchi bo‘lishi mumkin. Bunday qarama-qarshilik oshxonaga oid idish tovoqlarni loyihalashtirganda uchrab turadi.Masalan, tovani qo‘lda ishonch bilan ko‘tarib turish uchun uning dastagida tishlari yoki yengil bir boshqa turma naqshi bo‘lishi kerak, ammo bu tozalik talablariga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday tovani tozolash qiyin. Dastak tovaga mahkam ulangan bo‘lsa yaxshi, ammo unday buyumni javonda saqlash qiyin, chunki ko‘p joyni egallaydi.Loyihachi ko‘p hollarda mashina harakatini kuzatishi ham mumkin. Bu yerda mashinani boshqarayotgan ishchi, haydovchi, mashinist bilan muomalada bo‘lishi katta rol o‘ynaydi. Ular mashinaning sifati, darajasi, foydalanish xususiyatlari, nuqsonlari haqida muhim va ishonchli ma’lumot berishlari mumkin.
XULOSA
Ushbu kurs ishimda Texnik va badiiy modellashtirish mavzsini o`qitishning tashkil qilinishini qayta ko`rib chiqdim va takomillashtirdim. Texnik ijodkorlik va dizayn fani bo`yicha kurs ishimni asosan shu fan bo`yicha olingan nazariy, amaliy va labaratoriya darslarida o`rganiladigan amaliy bilimlarga tayanilgan holda bajardim. Kurs ishimni bajarayotgan paytimda badiiy modellaahtirishning mazmuni va dizayn tushunchalarini, qolaversa dizaynning hamma soha bo`yicha keng qo`llanilishini va turli sohalarini keng yoritdim. Bunda men Texnik ijodkorlik va dizaynga oid xar hil adabiyotlardan foydalandim. Kelgusida bu kurs ishim boshqa talaba o`quvchilarga qo`llanma bo`ladi.Kelgusida badiiy dizaynerlik va modellashtirishni chuqurroq va to`laqonli o`rganishni maqsad qildim.Ijod qilish o`ziga xos mas`ulyatni talab qiladi. Bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarini texnik ijodkorlik ishlariga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bosqichlari bilan tanishtiradi. Shuningdek, texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari, kashfiyot texnik masalalar yechishning ilmiy asosi, ixtirochilik, ratsionalizatorlik, texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy shart-sharoitlari texnik obyektlarni konstruksiyalash, badiiy modellashtirish va dizayin, mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan olib boradigan tashkiliy ishlar haqida tushunchalar beradi.



Download 206 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 206 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish

Download 206 Kb.