|
Hozirgi-kelasi zamon fe’li bir necha ma’noda qo`llanadi
|
bet | 5/8 | Sana | 25.01.2021 | Hajmi | 71,1 Kb. | | #13071 |
Hozirgi-kelasi zamon fe’li bir necha ma’noda qo`llanadi:
Nutq jarayonidan keyin bajariladigan harakatni –kelasi zamonni bildiradi:
U elga keladi albat qoshimga,
Elga shodlik olib keladi. (Hamid Olimjon.)
2. Hozirgi-kelasi zamon fe’li doimiy bo`lib turadigan ish-harakat yoki
holatni anglatish uchun ham qo`llanadi:
Yer Quyosh atrofida aylanadi.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li undosh tovush bilan tugagan fe’l asoslarga -a, unli bilan tugagan asoslarga esa -y qo`shimchasi qo`shiladi: yoz + a + man - yozaman,
o`qi + y + man- o`qiyman. (Bo`lishsiz shakli –mas yozmasman) -y tovushi bilan bitgan fe’l o`zak-negiziga –a qo`shimchasi qo`shilganda, ya yoziladi: Kiy + a + man – kiyaman kul + a + siz - kulasiz
1-mashq
Quydagi ajratilgan fe’llarning boshqa fe’llardan farqini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
|
| |