|
Hozirgi kelasi zamon fe’lini o`rganish (6-sinf ona tili) Darsning texnologik xaritasi va ishlanmasi
|
bet | 3/8 | Sana | 25.01.2021 | Hajmi | 71,1 Kb. | | #13071 |
Diqqat, yangi mavzu! 30 daqiqa
“Savodxonlik lahzasi ”
Sahnali ko`rinish:”Sariq qarg`a”
Matn ustida ishlash
Bilim- ring
Mustahkamlash. Test - lotto
Darsni yakunlash.”SMS varaqasi” 3 daqiqa
Uyga vazifa 2 daqiqa
Darsda foydalaniladigan usullar: “Shum bola”, ”Fikr-shou”,“Bilim ring”, “Test lotto”, ”SMS varaqasi”.
Sinf holati:
Dars SMS (Sahnali, munozarali suhbat) usulida tashkil qilinadi.
Tashkiliy qism: 2 daqiqa
Salomlashgach, davomat aniqlanadi. O`quvchilarga o`rganiladigan mavzu darslikda yo`qligi aytilib, 1 soatlik dars qo`llanmasi tarqatiladi va o`quvchilar 3 kichik guruhga bo`linadi. O`qituvchi guruhlarni shartli ravishda “Iqtidor”, “Bilimdon”, “Iste’dod” deb atashi mumkin. Ularga “Eng faol o`quvchi”, “Eng yaxshi husnixat egasi”, ”Eng bilimdon o`quvchi” nominatsiya g`olibi bo`lish uchun bir qancha topshiriqlardan o`tish va “SMS varaqalari” natijasi orqali aniqlanish tushuntiriladi.
Uy vazifasi o`tilgan mavzularni o`qib kelish. (“Shum bola” o`yini orqali nazorat qilinadi).
O`yin tartibi:
Shum bolaning yolg`on so`zlaydigan odati bor. “Yolg`onning umri qisqa” deydilar. O`tilgan mavzular bo`yicha shum bola har 3 guruhga 2 ta ma’lumot aytadi. Qo`lidagi do`pni tutgan o`quvchi aytilgan ma’lumotning rost yoki yolg`onligini fosh etadi , ya’ni yolg`on ma’lumot aytilsa, koptokni olgan o`quvchi darhol o`rnidan turishi lozim. Shu tariqa qisqa vaqt ichida o`quvchilarning uy ishiga tayyorligi aniqlanadi. Bu usul uy vazifasini tekshirishda o`qituvchiga yaqindan ko`mak beradi.
Masalan, hozirgi zamon nutq jarayonidan oldin yuz beradigan yoki yuz bermaydigan harakat-holatni bildiradi. (o`tgan zamonligini bilib, o`quvchi o`rnidan tursa, guruhiga rag`bat kartochkasini olib beradi.)
|
| |