|
Masofa bo’ylab yugurish tezligining dinamikasi
|
bet | 66/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIMasofa bo’ylab yugurish tezligining dinamikasi. Har xil malakali g’ovchilar masofa bo’ylab tezlik dinamikasini ta’minlashda bir-birlaridan ancha farq qiladilar. Yuqori malakali sportchilar mazkur ko’rsatkich bo’yicha qisqa masofaga yuguruvchilarga o’xshab ketadilar. Uchinchi g’ovga eng yuqori tezlikda hujum boshlaydilar (30-metr) va shu tezlikni 7-g’ovgacha saqlab turadilar, keyin tezlik asta kamaya boshlaydi. Past malakali sportchilar faqat 1-g’ovgacha olgan tezliklaridan 3-4-g’ovlar orasida foydalanadilar, so’ng tezlik pasaya boradi. Tezlik dinamikasidagi tafovutlarning sababi shundaki, past malkali g’ovchilar to’siqlarni oshib o’tishda yo’l qo’ygan xatolari yugurish tezligining pasayishiga olib keladi.
Harakatlanishga avvaldan hozirlik ko’rish ham turlicha bo’ladi. Yuqori toifali sportchilar har doim harakat sur’atini oshirishga intiladilar. Masofada ular g’ovlar osha yugurish va g’ovlarni oshib o’tish hisobiga bunga erishadilar. Masofaning oxirida, charchoq kuchayib borar ekan, g’ovlar osha birmuncha zahira bilan sakrash lozim bo’ladi, aks holda to’siqqa urilib ketish mumkin. Boshqa guruh g’ovchilari 6-7-g’ovdan oshib o’tganidan so’ng, e’tiborini qadamlari uzunligiga qaratishi kerak bo’ladi. Oxirgi g’ovdan keyin marragacha bo’lgan oraliq, ayniqsa bor kuch bilan, tez-tez qadam tashlab o’tilishi lozim.
Texnikani izchillik bilan egallab borish jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan barobar amalga oshiriladi. Harakatlarning tashqi manzarasi bilan birga yugurishning harakat tuzilishi ham takomillashtiriladi. Tayanchli va parvoz bosqichlarining nisbati mutanosiblashib boradi. Tayanchli fazalar qisqaradi, yugurishning umumiy vaqti ham kamayadi. Uchinchi fazalar avval ortadi, mahoratning oliy nuqtasiga etganda, sportchilar harakatlarini faollashtirishga qodir bo’lgan davrda esa, parvoz vaqti qisqaradi (3-jadval).
3-jadval
G’ovlar osha yugurishda tayanchli va parvoz bosqichlari muddati
110 m ga b/o yugurish natija-lari, s
|
Yugurish qadamlari vaqti, m/s
|
Umumiy vaqt
|
G’ov osha qadam
|
1
|
2
|
3
|
G’ovdan tushishi vaqti
|
Itar. oyoqni ko’tar.
|
Tushi-rish vaqti
|
Tayanch
|
Parvoz
|
Tayanch
|
Parvoz
|
Tayanch
|
Parvoz
|
|
15.00
|
145
|
380
|
525
|
125
|
70
|
160
|
140
|
145
|
100
|
1,265
|
14.00
|
135
|
370
|
505
|
110
|
70
|
130
|
130
|
120
|
90
|
1,155
|
13.50
|
115
|
320
|
435
|
105
|
65
|
120
|
120
|
100
|
80
|
1,025
|
13,00
|
110
|
320
|
430
|
100
|
60
|
PO
|
120
|
100
|
80
|
1,000
|
|
| |