Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




Download 24,48 Mb.
bet69/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

G’ovlar osha yugurish. Erkaklarda masofaning 35 metrlik qismini yugurib o’tishda g’ovlar orasida qadam tashlash ritmining bir necha varianti mavjud. Birinchi guruhga butun masofa bo’ylab g’ovlar orasida bir xil miqdorda qadam tashlashdan foydalanuvchilar kiradi. Malakali sportchilarda bu 15, 14 yoki 13 qadam bo’lishi mumkin. Yuqori malakali sportchilar faqat 13 qadamli ritmdan foydalanadilar.
Juft miqdordagi qadamlar ritmidan foydalanadigan sportchi hujum qiluvchi oyog’ini navbatma-navbat almashtirib g’ovlarni oshib o’tishi kerak bo’ladi.
Boshqa guruhda sportchilar qadamlar ritmining aralash variantlarini qo’llaydilar. Malakasi pastroq sportchilar 5-6 ta g’ovni 15 qadamlik ritmda, keyingi 2-3 tasini 16 qadamda oshib o’tib, masofaning yakunlovchi qismida 17 qadamlik ritmdan foydalanishlari mumkin. Sport mahorati oshgan sayin variant, masalan, quyidagicha o’zgaradi: 5-7 ta g’ov 13 qadamda, keyin 14, oxirida esa 15 qadamda oshib o’tiladi. Aralash variantlarni bajarish juda qiyin sanaladi.
G’ovlar orasini 15 qadamda yugurib o’tganda, qadamlar uzunligi 222 smga, 14 qadamda – 235 smga, 13 qadamda – 255 smga teng bo’ladi. Agar qadamlar uzunligi bo’yicha bir oz zahira qoldirish zaruratini hisobga oladigan bo’lsak, u holda tekis yo’lkada yugurgan sportchining qadamlari shunday uzunlikka ega bo’lishi kerak: 15 qadamlik ritmda – 240 sm, 14 qadamda – 255 sm, 13 qadamda – 270 sm.
Ritmning o’zgarishi sodir bo’ladigan kesmalar eng murakkab hisoblanadi. Odatda, bu 5 va 6 yoki 7 hamda 8-g’ovlar orasida yuz beradi. Sportchi qadamlarini keskin qisqartirishga majbur bo’ladi, g’ovni oshib o’tish jarayoni ham qiyinlashadi, g’ovlar orasidagi kesmani yugurib o’tish vaqti ham ortadi.
So’nggi g’ovdan marragacha bo’lgan oraliq 40 m ni tashkil etadi, lekin uni sportchi nihoyatda charchagan holatda bosib o’tadi.
Masofani kamroq miqdordagi qadamlar bilan bosib o’tishga vaqtidan ilgari harakat qilish sportchini juda tez, deyarli bor kuch bilan yugurishga majbur qiladi. Aks holda u g’ovlar orasida qadam tashlash ritmiga bardosh bera olmaydi. Yugurishni bunday boshlash masofaning yakunlovchi qismida tezlikning jiddiy pasayishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bellashuv tezligida 13 qadam ritmida yugurishni egallab olgach va birmuncha zahiraga ega bo’lganda, shunday ritmdan foydalanish mumkin.



Download 24,48 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Download 24,48 Mb.