|
– Ma’ruza.TA`LIM MUASSASALARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH
|
bet | 28/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI4– Ma’ruza.TA`LIM MUASSASALARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH
Reja:
4.1. Mashgulotlarining maqsadi
4.2. Mashgulotlarining tuzulishi
4.3. Mashgulotlarining vazifalari
4.4. Mashgulotlarning normativ va talab meyorlari
4.5. Yuklamalarning kun, hafta va yil davomidagi tarkibiva me’yorlari
4.6. Maktabda yengil atletikdan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar
Tayanch iboralar.
1. Estafeta
2. Klassifikatsiya normalari
3. Mashg’ulot
4. BO’SM
5. IBO’OSM
6. OSMM
7. Gigiyenik rejim
8. Organizmning faoliyati
Yengil atletika darsining mazmuni umum ta’lim maktabida yengil atletika bilan shug’ullantirish dars formasida bo’ladi. O’rgatish etaplari quyidagilardan iborat:
1.Kirish.
2.O’qitish.
3.Takrorlash.
4. Takomillashtirish.
5.O’tilgan materiallarni mustahkamlash.
Darsni o’zlashtirish, bilish, malaka hosil qilish, jismoniy tayyorgarlik texnik tayyorgarlik va oxirgisi aralash darslar. Darslarni tiplariga qaramay quyidagi qismlarga bo’linadi 1. Kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov darsi (asosan dastlabki qismi biriktirilib o’tiladi).
Kirish qismiga qo’yiladigan vazifalar: Saflanish, raport, asosiy vazifani ma’lum qilish. O’quvchilarni darsga tashkillash.
Tayyorlov qismi: o’quvchilarni asosiy vazifani bajarish holatiga olib kelishdir. Bunda asta sekin yugurish va umumanrivojlantirish mashq berish asosiy qismda yangi bilim o’rgatiladi. Bunda yengil atletika turlari o’rgatiladi, malaka hosilqilinadi va takomillashtiriladi.
Yakunlov qismida dars yuklamasi pasaytiriladi, o’tilgan darsga yakun yasaladi va uyga vazifa beriladi.
45 minutlik dars quyidagicha taqsimlanadi. Kirish qismi 3 minut, tayyorlov qismi 12 minut, asosiy qismi 25-27 minut, yakunlov qismiga 3 minut vaqt sarflanadi. Darsning asosiy hujjat konspekt hisoblanadi. Bunda o’tiladigan dars davomiyligi ifodalangan bo’ladi.
Yengil atletika mashg’ulotlarini o’rgatish, yugurish, sakrash va uloqtirishlarni o’zlashtirish va ularni takomilliga yetkazishga qaratilgan.
5- sinfdan boshlab darslarga yosh yyengil atletkachilar uchun zarur bo’lgan fazilatlardan tezkorlikni, kuch va chidamkorlikni rivojlantirish yordam beruvchi mashqlar kiritiladi.
O’quvchilar programmasiga muvofiq chuqurroq o’rganish mashg’ulotlarida qisqa masofalarga yugurish, o’rta masofalarga yugurish, g’ovlar osha va estafetali yugurish, «hatlab o’tish» va «peryokidnoy» usullarida balanddikka sakrash, «oyoqlarni yig’ib» va «qaychi» usullarida uzunlikka sakrash texnikalarini o’rganadilar. Granata va nayza hamda yadro otish texnikalarini o’zlashtirib boradilar.
|
| |