|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 31/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI4.3. MASHGULOTLARINING VAZIFALARI
Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisining vazifalari juda ham ko’p, shuning uchun maktabdagi yengil atletikaning o’rnini ko’tarishda asosan maktab faoli yordamida foydalaniladi. Maktabda ko’rgazmali foto – gazeta plakat, e’lonlar, radiogazeta va boshqa axborotlar yaxshi qo’yilgan bo’lishi kerak. " Jismoniy tarbiya burchagi" sport zali yonida joylashgan bo’lishi kerak. Har qaysi yangi axborotlar o’z vaqtida yetkazilishi lozim.
O’quvchining familiyasi va ismi to’g’ri yozilishi shart, agar e’londa adashilgan bo’lsa shu o’quvchi xafa bo’lishi mumkin.
Musobaqa protokollari shu onda doskaga osilishi lozim, ma’lumotlar aniq va chiroyli yoziladi.
Stendlar "Musobaqa natijalari". "Chempionlar", "Eng yaxshi sinflar" protokollar va komanda g’oliblari eritilish kerak. Eng yaxshi 10 sportchi deb alohida bo’limda yoritilishi mumkin. "Maktab rekordchilari" stendida albatta asosiy maktabda qo’yilagan va ommaviy musobaqalarda o’tkaziladigan turlar olinishi shart.
Maktabda maxsus stendda chempionlarni su’rutlari sport yutuqlari aks etadigan suratlar bo’lishi diqqatga sazovor.
Stend bir qismida musobaqa kalendari 1 yilga mo’ljallangan bo’lishi kerak, unda qachon va qanday shartlar berilgan bo’lishi kerakligi yozilishi zarur.
Stendda yengil atletika musobaqa qoidalari berilib turilishi kerak. Mustaqil tayorgarlik materiallari yoritilishi kerak. "Nima qilsam kuchli bo’laman", "Yozgi ta’tilda nima bilan shugillanish kerak". Stendda "Maktab spartakiadasining natijalari" yoritilib borishi kerak.
Har qaysi qatoriga uni egallagan o’rni, bali, o’tkazilgan musobaqadan so’ng darrov yozilishi zarur!
Yana bir stend "Maktab jismoniy tarbiya dasturining talablari" deb unda dastur talabi, mashqlar tarkibi eritiladi.
Maktab radiouzeli orqali doimiy davlat miqyosidagi chempionlarni, rekordchilarni tarixini, biografiyasini berib borilsa qiziqarli bo’ladi.
Yuqori sport mahoratiga ega bo’lgan sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinsa, sport qirolicha maktabda egallagan o’rni yuqoriroq bo’ladi. Qiziquvchi o’quvchilar ko’payadi.
|
| |