5.3-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari
Marketing bo‘limi
faoliyat natijalarini
nazorat qilish
Marketing chora-
tadbirlari natijalarini
nazorat qilish
Marketing nuqtai
nazaridan aralash
bulinmalar faoliyat
natijalarini nazorat
qilish
Marketing xizmati
xodimlari faoliyatini
nazorat qilish
Taksimlash tizimida
faoliyat natijalarini
nazorat qilish
Marketing-miks
samaradorligini
nazorat qilish
Tashqi muhit
omillari nazorati
Firmada marketing
potentsiali tavsiflari
nazorati
Marketing
nazorati
102
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‗z ichiga oladi:
1.Nazorat qilishga mo‗ljallangan reja ko‗rsatkichlarini asoslash;
2.Faoliyatning haqiqiy ko‗rsatkichlari natijalarini o‗lchash;
3.Faoliyatni reja va haqiqiy ko‗rsatkichlari natijalarini solishtirish
4.Reja ko‗rsatkichlaridan haqiqiy ko‗rsatkich farqi tahlili
5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash.
1974 yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni
boshqarish tizimiga ta‘sir etishini ko‗rsatib o‗tgan, ya‘ni tashqi va ichki muhitni
omillarini o‗zgarish imkoniyatiga ko‗ra – marketingni nazorat qilishni ochiq va
yopik tizimlaridir.
Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vaqilini to‗g‗ri
aralashuvsiz reja va haqiqiy ko‗rsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka
qilish amalga oshiriladi.
Ochiq
nazorat
tizimida
esa
aniq
ko‗rsatkichlarni kiritilayotgan
korrektirovkasini baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-
menejment guruhini vaqilini faol qatnashishi ko‗zda tutiladi.
5.4. Marketing dasturi haqida tushuncha
Marketing dasturi (biznes reja) tor ma‘noda korxonaning bozorda aniq
faoliyat ko‗rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi keng ma‘noda esa
korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‗naltirilgan tahlil,
rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa
muddatli(bir yilgacha), o‗rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha
va undan ko‗proq) bo‗ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus
faoliyatlariga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‗jalik faoliyatini direktiv rejasini
tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‗g‗ini uchun qaror
qabul qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonani
o‗tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‗lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini
qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-
103
atvorini strategik yo‗li, tovar, narx, sotish va rag‗batlantirish siyosatlarining chora-
tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing
harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish
bo‗yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‗z
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo‗lsada,
kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‗riladi. Firmalar
faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori
boshqaruv bo‗g‗ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar,
strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo‗nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani
o‗z holatini bog‗ligiga qarab o‗z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash,
hujum va himoya strategiyalari bo‗lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‗p variantlilik tamoyillari ishlatiladi.
Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari:
ikki yoki uch, ya‘ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‗ladi. Dasturni
minimal varianti, dasturni og‗ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal
variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‗zda tutadi. Masalan, Yaponiya
firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga
oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psihologik
samarani olishni maqsad qilib erishadi. SHuningdek dasturni o‗rtacha yoki optimal
variantlari keng tarqalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‗nalishiga qarab
marketing dasturi yuqori va pastki bo‗g‗in uchun bo‗lishi mumkin. Agar dastur
yuqori bo‗g‗in uchun bo‗lsa, u qisqa va lo‗nda tuzilgan bo‗lishi lozim. Chunki
unda muhim tomonlari ajratib ko‗rsatiladi pastki bo‗g‗in uchun tuzilgan
dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Quyidagi 5.4 – rasmda marketing
majmui dasturi jarayoni keltirilmoqda.
|