88
Funksional
tashkil etishning yutuqlari, bo‗linmalarning boshqarishdagi
soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir.
Lekin bu
tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:
tovarlar bo‗yicha maxsus bo‗limlarning yo‗qligi;
bozorning hududiy segmentlari bo‗yicha maxsus bo‗limlarning yo‗qligi;
bozor talablarining o‗zgarishi va iste‘molchilar talabiga operativ
reaksiyaning sustligi;
marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish
masalalarini hal
etishning qiyinlashganligi.
Tovar tamoyili bo‗yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‗yicha
bo‗limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‗limlari bo‗yicha mustaqil qaror
qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‗lgan shakl,
avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‗lgan firmalarga to‗g‗ri
keladi.
Tovar tamoyili bo‗yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga
ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o‗ziga xos tomonlarini
doim ham e‘tiborga olmaydi. Tovarlar bo‗yicha guruhlar ishchilari o‗z
majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv
apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo‗lishi bilan ularni ushlab
turish katta xarajatlar talab qiladi.
Bozor tamoyili bo‗yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‗z tovarini
xarakteri jihatidan turlicha bo‗lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish
xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‗lgan
hollardagina bozor
tamoyiliga ko‗ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing
xizmati bo‗limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.