Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4
.1-rasm. Marketingning asosiy modellari turlari (qo„llanilish sohasi 
bo„yicha) 
Iste‘mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste‘mol 
o‗rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning 
ko‗pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat 
joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo bo‗lishi 
yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog‗liqdir. SHu sababli xizmat 
ko‗rsatish sohasida marketing juda katta yo‗nalishga ega. 
 
4.2. Marketingni asosiy turlari 
Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda, uning tarkibida 
mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta‘kidlash zarur. 
Marketing korxonaning bozorda (iste‟molchiga) 
yo„naltirilgan strategik boshqaruvi sifatida 
Xalqaro marketing 
Ichki milliy marketing 
Iste‘mol tovarlari marketingi 
Ishlab chiqarish vositalari marketingi 
Xizmatlar marketingi 
Ishlab chiqarish xizmatlari
Iste‘mol xizmatlari


76 
Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritgan va ularni 
xo‗jalik faoliyati bilan shug‗ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish 
bilan bog‗liq bo‗lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o‗xshash 
tashkilotlarga nisbatan ham qo‗lladi. 
Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va 
xizmatlarning tayyorlovchidan iste‘molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini 
boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni 
qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo‗ygan maqsadlarga erishishdir. 
Boshqacha aytganda, bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo‗lib, mahsulot yoki 
xizmatlarga bo‗lajak talab tarkibini o‗rganish, shuningdek bu talabni, taklifni 
shakllantirish iste‘molchiga axborot berish yo‗llari bilan qondirish maqsadini 
ko‗zlaydi. 
Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan 
iboratdir.  
Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli 
birlashmalar, konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga 
oshiriladi. 
Yanada kengroq ma‘noda, makromarketing tushunchasi mamlakatning jami 
xo‗jaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste‘molchisi tomon 
ko‗chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni 
birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, 
reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va 
xizmatlarni qamrab oladi. 
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo‗yicha moddiy boyliklar va 
xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‗zaro farq qilinadi. Korxona 
darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq 
darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari va shunga o‗xshash faoliyat ko‗rsatadi. 


77 
Marketingni qo‗llash sohalari va ob‘ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga 
ko‗ra guruhlash mumkin: 
 ichki marketing; 
 tovarlar bo‗yicha marketing; 
eksport marketingi
 import marketingi; 
 ilmiy texnik marketing; 
 to‗g‗ridan-to‗g‗ri mablag‗ (investitsiya) kiritish marketingi; 
 xalqaro marketing; 
 notijorat faoliyati sohasidagi marketing; 
 ijtimoiy g‗oyalar marketingi; 
Ichki marketing qoidaga ko‗ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish 
masalalari bilan bog‗liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, 
yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya‘ni raqobatbardosh mahsulotlarini 
yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi. 
Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‗yicha marketing) samarali 
sotishni tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo‗yicha tadbirkorlik 
faoliyatining foydaliligini ta‘minlashni ko‗zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat 
tovarlari marketingi, iste‘mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan. 
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma 
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‗zda 
tutadi. 
Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta‘minlash uchun bozor 
tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‗zda tutadi. 
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va 
litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika 
taraqqiyoti yo‗nalishlarini o‗rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari 
va boshqalar bilan bog‗liq. 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri marketing kiritish marketingi o‗z ichiga xorijiy faoliyatni 
tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning 


78 
sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya 
manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi 
bozorda sotish tadqiqotlarini o‗z ichiga oladi. 
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham 
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‗zda tutadi. U 
ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‗p 
sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob 
beradi. 
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida 
shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‗liq. 
Ijtimoiy marketingni qo‗llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan 
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga e‘tiborni jalb qilish
ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat. 
Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‗xtalib 
o‗tmoqchimiz. 
Download 3,14 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish