Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 10 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
15
October, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ELEKTRON ZANJIRLAR VA MIKROSXEMOTEXNIKA
QURILMALARINING ASOSLARI
Farxod Boymirzayevich Irisboyev
Jizzax davlat pedagogika instituti assistenti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Elektron zanjirlar va mikrosxemotexnika
qurilmalarining
yarim o‗tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. Elektronikada keng
qo‗llaniladigan yarim o‗tkazgichlarning ta‘qiqlangan zona kengliklari
Wt
(eV) quyidagiga teng. Yuqoridagi ruxsat etilgan zona o‗tkazuvchanlik
zonasi
deb ataladi
Kalit so`zlar: Elektronika,
qurilmalar, o‗tkazgichlar, qattiq jism, zona
kengligi, zaryad, VAX.
KIRISH
Zamonaviy elektronika qurilmalari yarim o‗tkazgichli
materiallardan
tayyorlanadi. Yarim o‗tkazichlar kristall, amorf va suyuq bo‗ladi.
Yarim
o‗tkazgichli texnikada asosan kristall yarim o‗tkazgichlar (10
10
asosiy
modda tarkibida bir atomdan ortiq bo‗lmagan kiritma monokristallari)
qo‗llaniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Odatda yarim o‗tkazgichlarga solishtirma elektr o‗tkazuvchanligi
s
metallar va dielektriklar oralig‗ida bo‗lgan yarim o‗tkazgichlar kiradi
(ularning nomi ham shundan kelib chiqadi). Xona temperaturasida ularning
solishtirma elektr o‗tkazuvchanligi 10
-8
dan 10
5
gacha Sm/m (metrga
Simens)ni tashkil etadi.