|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq elektron-zanjirlar-va-mikrosxemotexnika-qurilmalarining-asoslariAcademic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 10 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
17
October, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
mos keladigan elektronlar o‗tkazuvchanlik elektronlari yoki erkin zaryad
tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb
ataladi.
Absolyut nol temperaturada (0 K) yarim o‗tkazgichning valent
zonasidagi barcha sathlar elektronlar bilan to‗lg an, o‗tkazuvchanlik
zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo‗ladi.
Yarimo‗tkazgich diod deb bir (yoki bir necha) elektr o‗tishlarga ega
ikki
elektrodli
elektron
asbobga
aytiladi.
Diodlar
radioelektron
qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan va zifasiga muvofiq tasniflanadilar.
Barcha yarimo‗tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin:
to‗g‗rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‗grilovchi diodlar
o‗zgaruvchan tokni o‗zgarmas tokka o‗zgartirish uchun qo‗llanadi.
To‗g‗rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‗liq holda ular past
chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi . Maxsus
vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o‗tishlarning turli elektrofizik
xususiyatlaridan,
masalan,
teshilish
hodisalaridan,
fotoelektrik
hodisalardan,
manfiy
qarshilikka
ega
sohalari
mavjudligidan
va
boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar,
xususan, o‗zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd
etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni
amalga oshirish uchun qo‗llaniladi.
Yarimo‗tkazgich diodlarning elektr sxemalarda
shartli belgilanishi 2a - rasmda, uning tuzilmasi ko‗rinishi
b - rasmda keltirilgan. Rasmlarda diodning chiqishlari A
|
| |