(2.8-ilova)
Guruhlarga topshiriq:Biomassa energiyasining boshqa energiya manbalari bilan taqqoslaydilar. Afzallik va kamchiliklarini aniqlaydilar.
Kontseptual jadval
O’rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ko’p jihatlari bo’yicha taqqoslanishini ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, malumotlarini tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Kontseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadigonlarni aniqlaydilar
z(Izoh: O’quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilib berishadi. )
(2.9-ilova)
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)
|
Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)
|
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
|
Baho
(5/4)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuniO’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
(3.1-ilova )
Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni o’qituvchi baholaydi
O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
|
86-100 % 5 baho “a`lo”
|
71 - 85% 4 baho “yaxshi”
|
55 – 70% 3 baho «qoniqarli»
|
(3.2-ilova)
Uyga vazifa:
Biomassa manbalari o’rganib kelish.
3.3-ilova)
T/r
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
1.
|
Gayibov T.Sh. Elektr tarmoqlari va tizimlari. – T.: VORIS-NASHRIYOT, 2010, 160 b.
Ғойибов Т.Ш. Электр тармоқлари ва тизимлари. Мисол ва масалалар тўплами./Ўқув қўлланма. – Т.: ТошДТУ, 2006, 161 б.
G’oyibov T.Sh. Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ishlatish va ta’mirlash. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T.: «ILM ZIYO», 2012. – 208 b.
.
|
18-Mavzu:. Biomassaning kimyoviy tarkibi, manbalari va atrof muxitga tasiri.
Reja:
Biomassaning kimyoviy tarkibi.
Biomassa manbalari
. Biomassaning atrof-muhitga ta’siri
Biomassaning kimyoviy tarkibi asosan uglerod, vodorod va kisloroddan iborat.
O‘simliklar, xususan, suv va uglerod ikki oksidini biriktirib, shakar tuzilmalarini hosil qiladi. Talab etiluvchi energiya yorug‘lik ta’sirida xlorofell asosidagi fotosintez jarayoni orqali shakllanadi. Odatda, o‘simliklarga yetib kelgan yorug‘lik energiyasining 0,1-1% qismi ularda kimyoviy energiya sifatida saqlanadi. Shakar tuzilmalari biomassa sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan barcha yerusti o‘simliklari, selluloza kabilarda aniqlangan umumiy xususiyatlar uchun boshlang‘ich punkt hisoblanadi.
Biomassa manbalari
Biomassa energiyasi bir-biridan farqlanuvchi beshta energiya manbasi – yog‘och, chiqindi, axlat, yerusti gazlari va spirtli yoqilg‘ilardan shakllanadi. Yog‘och energiyasi yoqilg‘i sifatida yetishtirilgan daraxt va yog‘och chiqindilaridan jamlanadi. Yog‘ochdan olinuvchi eng yirik energiya manbasi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish sanoati jarayonining chiqindisi hisoblangan qog‘oz spirti, ya’ni «qora spirt» hisoblanadi. Chiqindi energiyasi biomassa energiyasining ikkinchi yirik manbasi hisoblanadi. Chiqindi energiyasining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib maishiy qattiq chiqindilar, ishlab chiqarish chiqandilari yerusti gazlari hisoblanadi. Spirtli yoqilg‘i biomassasi yoki etanol asosan shakarqamish va makkajo‘xorida jamlangan. U bevosita yoqilg‘i sifatida foydalanilishi yoki gazolinga qo‘shilishi mumkin.
Biomassa boshqa foydalanilishi mumkin bo‘lgan metan singari gazga yoki etanol va biodizel kabi transport yoqilg‘isiga aylantirilishi mumkin. Chirigan axlat, qishloq xo‘jalik va maishiiy hayot chiqindilari metan gazini hosil qilib, u «yerusti gazi» yoki «biogaz» deb ham yuritiladi. Shakarqamish, makkajo‘xori kabilardan transport yoqilg‘isi yoki etanol olinishi mumkin. Biodizel boshqa turdagi transport yoqilg‘isi bo‘lib, u salat va hayvon moylari kabi tashlab yuboriluvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan olinishi mumkin.
Suyuqliklar biomassasi va sellulozik etanol hozirgi davrda o‘rganilmoqda.
|