NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Psixokorreksiya atamasining mohiyatini tushuntirib bering.
2.
Psixokorreksiyaning o’tkazilish davomiyligiga ko’ra turini
aytib bering.
3.
Kauzal hamda simptomatik korreksiya turlarini o’zaro farqini
tushuntinring.
4.
Psixologik maslahat bilan psixokorreksiyaning farqi hamda
o’xshash tomonlarini so’zlab bering.
5.
Psixokorreksiyaning amaliy psixologiyadagi ahamiyatini
ayting.
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Кочюнас, Р. Основы психологического консультирования / Р.
Кочюнас. - М.: Академический проект, 1989.
2.
Осипова А.А. Введение в практическую психокоррекцию:
групповые методы работы. – Москва-Воронеж, 2000.
3.
Осипова А.А. Общая психокоррекция. – М., 2005
AMALIY TOPSHIRIQ
Quyidagi jadvalni to’ldiring.
Psixologik yordamning asosiy ko’rinishlari
№
Psixologik
yordam
ko’rinish
Mummola
rga misollar
Mazkur
turdagi
psixologik
yordamning
imkoniyatlari
Asosiy
xususiyati,
foydalaniladigan
texnikalari
1 Psixoprofilakt
ika
2 Psixodiagnost
ika
3 Psixologik
maslahat
4 Psixologik
korreksiya
5 Psixoterapiya
Biblioterapiya
psixokorreksiya
va
psixologik
maslahatda
foydalaniladigan zamonaviy metod sifatida
Tayanch
tushunchalar:
biblioterapiya,
terapiya,
nevroz,
tinchlantirish, psixoterapevtik muolaja.
6.
Biblioterapiyaning mazmun-mohiyati, vujudga kelish tarixi
7.
Amaliy psixologiyda biblioterapiyaning qo’llanilishi.
Bugungi kundagi globallashuv jarayoni ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, shu bilan birga psixologik jarayon bo’lib, u inson ongiga o’z
ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shunday ekan, inson tashqi dunyodan
oladigan turli axborot hamda ma’lumotlar ham uni stressga tushirib
qo’yish yoki ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. bugungi
kunda shunday holatga tushgan yoshlarga psixologik ko’mak berish
hamda ruhiy holatini muvozanatga solish uchun psixoterapevtik
metodlardan biri bo’lmish biblioterapiya qo’llanadi. Biblioterapiya
atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, “biblio” – kitob, “therapia” –
davolash ma’nolarini anglatadi.
1
1
Психология общения. Энциклопедический словарь. Под общ. Ред. А.А. Бодале,во,v. – М. Изд-во “Когнито-
Центр”. – 2011.
Sovet psixologi va psixoterapevti V.N.Myasshisev bibioterapiya
deganda, bemor psixikasiga o’qish yordamida davolash ta’sirini
o’tkazishni tushunadi. Insonlar emotsional holatini kitoblar orqali
yaxshilash g’oyasi qadimgi Gretsiyada ilk kutubhonalar ochilganidan
boshlangan. Xususan, yunon tarixchisi Diadorus Siklusning yozishicha,
Misr podshohi Ramzes II kitoblari saqlanadigan xonaning peshtoqida
“Qalbni davolovchi uy” shiori yozilgan. Milodiy I asrda mashhur yunon
faylasufi Galen tibbiy kutubhona tashkil qiladi. O’rta asr mutafakkiri,
qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino ham o’zining “Tib qonunlari” asarida
shifokorning uch quroli borligini, ulardan biri so’z ekanini ta’kidlaydi.
1272 yilda Qohira shahridagi “Al-Mansur” kasalxonasida Qur’oni
Karimni o’qish bemorlarni davolashda muolaja sifatida foydalanildi.
Samuel Kroser 1916-yilning avgust oyida ”Atlantic Monthly”
maqolasida biblioterapiya so’zini ishlatgandan so’ng bu so’z tibbiy
terming aylandi.
Amerikalaik Benjamin Rash ilk bora bemorlarga davo sifatida
mutolaani tavsiya qilgan. XIX asrning o’rtalariga kelib esa Yevropaning
psixiatriya insitutlarida 1900 ta kutubxonachilar faoliyat yuritgan.
Keyinroq Zigmund Freyd, V.M.Bexterev, psixoterapevt K.I.Platonov
so’zning inson salomatligi, jismoniy holatiga ijobiy ta’siri haqida qator
o’tkazdi.
2
1923- yil ilk bora Keslin Jons muallifligida “Kasalxona
kutubxonalari” nomli kitob nashr qilindi. 1930-yilda kutubxonachilar
terapevtik yordam sifatida insonning fikrini, his tuyg’ularini va xulq-
atvorini biroz bo’lsa-da, o’zgartirishi mumkin bo’lgan kitoblar ro’yxatini
tuza boshladilar. AQSHning Alabama shtati kasalxonalarining birida
2
Белоусова Г. Особенности восприяия текста. Г. Белоусова Библиотека. – 1999. - №7. – С. 35.
kutubxonachi Sadi Peterson biblioterapiyani amalda qo’lladi. Bu metod
AQSH kasalxonalarida qo’llanila boshladi so’ng, Buyuk Britaniya va
boshqa davlatlarga tarqaldi. 1950-yillarga kelib biblioterapiya soha
sifatida kengaya boshladi. Jumladan, Karolyn Shrodes o’zining ishlarida
biror hikoya yoki asarda o’zining taqdiriga o’xshash obrazni ko’rish
kishining ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatishini isbotladi. 1970-yilda esa
kutubxonachi Reya Rubin biblioterapiyani 2 ta kategoriyaga ajratdi.
Birinchisi, rivojlantiruvchi (ta’limiy maqsadlar uchun), ikkinchisi,
terapevtik (psixologik).
Quyidagilar bibioterapiyaning asosiy maqsadi sanaladi:
-
Patsientga muammolar haqida axborot berish;
-
Muammoning mohiyatini tushunishga ko’mak berish;
-
Yangi qadriyat va munosabatlarni muhokama qilishga undash;
-
Boshqa odamlar ham patsient yuzlashganga o’xshagan
muammolarga duch kelgani va ularni oqilona yengib o’tolganini
ko’rsatib berishdir.
A.Miller kitobdan psixoterapevtik maqsadda foydalanishda 3
tamoyilga asoslanilishini ta’kidlagan. Ular quyidagilar:
1. Tavsiya etilayotgan kitobning qiyinlik darajasi patsient bilimiga
monand bo’lishi;
2. Patsient asar qahramoniga suyana oladigan bo’lishi;
3. Kitobdagi vaziyat maksimal darajada patsient hayotiga o’xshash
bo’lishidir. Ayniqsa, nevroz patsientlar bilan psixoterapevtik muolaja
olib borilayotganda bu muhimdir.
Shu o’rinda biblioterapiyaning patsient ruhiy holati, xarakter
xususiyatiga ko’rsatadigan ta’siri haqida to’xtalish ham muhimdir.
1.
Tinchlantirish. Patsient kitob mutolaasiga kirishishi bilan o’zini
qiynayotgan muammolarni bir muddat unutadi va o’sha asar ichiga kirib
borib, qahramonlar taqdiri bilan yashashni boshlaydi.
2.
O’ziga bo’lgan ishonchning paydo bo’lishi. Patsient buyuk
odamlarning memuar asarlarini o’qiganida, kuchli, buyuk shaxslar ham
u kabi mushkul vaziyatlarga duch kelgani, qiyinchiliklarni yengishda
o’zida qanday kuch topgani haqida o’ylab ko’radi. Asarda kuchli shaxs
vakillari ham ojizliklarini tan olib yozganini o’qib, o’zida ular bilan
umumiyliklar topishi natijasida o’ziga bo’lgan ishonch ortadi. Shunday
memuar asarlar qatoriga Z.Boburning “Boburnoma” asarini kiritish
mumkin.
3.
Psixologik faollikni oshirish. Badiiy adabiyotdagi aksar janrlar
patsientga yaxshi motivatsiya berib, psixologik faolligini oshirish
xususiyatiga ega. Chunki mutolaa jarayonida patsient vaziyatga boshqa
nigoh bilan boqishni o’rganadi hamda ayni damda unda muammolarini
hal qilishga bo’lgan ishonch paydo bo’ladi.
4.
Shaxsdagi empatiya hissini rivojlantirib, nafaqat aqli intelektini,
balki emotsional intelektini ham oshirishga xizmat qiladi. Kitob o’qish
orqali inson o’zgalar his-tuyg’ularini yaxshiroq his etish ko’nikmasini
shakllantiradi.
Xulosa qilib aytganda, biblioterapiya psixoterapiyada keng tarqalgan,
shu bilan birga o’tkazilish jihatidan qulay bo’lgan metodlardan biri
bo’lib, patsient ruhiy holatini yaxshilashga, hayotda to’g’ri maqsadlar
qo’yib yashash uchun motivatsiya berishga yordam beradi. Patsient
mutolaa jarayonida o’z muammolariga boshqa tomondan qarab ko’radi,
oldinroq ilg’amagan xato va kamchiliklarini ko’radi. Eng muhimi,
oxirgi xulosani o’zi qiladi. Biblioterapiya bilan faqat psixolog yoki
psixoterapevtlar shug’ullanishi shart emasligi uni yana bir yutuqlaridan
sanalib, samaradorligini kengaytiradi. Farzandi stress holatiga tushganini
ko’rgan ota-ona unga optimistik xarakterdagi, bolani ruhlantiradigan
kitoblar o’qib berishi mumkin. deviant xulq-atvorli o’smirlar bilan
ishlayotgan maktab psixologi ham kerakli kitobni tavsiya qilish keyinroq
asardan olingan xulosalari haqida suhbatlashish orqali korreksion
ishlarni olib borishi mumkin. Bugungi kunda O’zbekiston sharoitida
biblioterapiyani amalda qo’llashda yuzaga keladigan muammolardan
patsientning ruhiy tang vaziyatiga mos janrdagi kitoblani tanlab tavsiya
qila oladigan psixoterapevtlarning kamligidir. Lekin kitob mutolaasiga
e’tibor yana-da oshirilayotgan bir pallada ushbu muammo ham tez orada
o’z yechimini topadi deb umid qilamiz.
|