Juda tez o’tkaziladigan psixokorreksiyaga misol qilib biror jarayon
yoki holatlarda yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish uchun o’tkazilgan
korreksion ishlarni keltirish mumkin. Bu bir necha soatgacha davom
etadigan jarayon bo’lib, ushbu korreksion ishning samaradorligi uzoqqa
yetmaydi. Biror sinf o’quvchilari orasida nizo yuzaga keldi. Makab
psixologi shu nizoga barham berish hamda o’quvchilari orasida xulq-
atvor korreksiyasi ishlarini o’tkazishi mumkin. lekin yaxshi natijaga
erishish uchun korreksion ishlar uzoqroq davom etishi lozim.
Qisqa psixokorreksiya bir soatdan ortiq vaqtdan bir kungacha
davom etishi mumkin. bunda psixolog bn patsient muayyan kutilgan
natijaga erishgunga qadar hamkorlikda faoliyat yuritadilar. Davomiy
psixokorreksiya bir necha oygacha bo’lishi mumkin. korreksion
ishlarning uzoq davom etadigan turi bir yil yoki undan biroz ko’p
muddatga cho’zilishi mumkin. korreskion ishlarning qancha vaqt davom
etishi patsient muammosining qanchalik chuqurligiga bog’liq.