-Yurakning tez urishi (taxikardiya);
- Bosh aylanishi;
- Tremor (qaltirash);
- Terlab ketish;
- Qorin yo boshda og'irlik his qilish;
- Og'iz va tomoqning qurib ketishi;
- Bosh og'rig'i.
Shunday vaziyatlar bo’ladiki, inson fobiyasi uning normal hayot
kechirishiga halaqit berishi mumkin. Shunday vaziyatlarda patsient
psixokonsultatsiyaga ehtiyoj sezadi. Psixokonsultatsiyada fobiyali
mijozlar bilan ishlashda "Tizimli desenzibilizatsiya" metodi keng
qo’llanadi. Masalan, kimningdir biror hayvonga nisbatan fobiyasi bor.
Avval unga o’sha hayvonning suratlari va videolarini ko'rishga
o'rgatiladi. Keyin uzoqdan turib tomosha qilish malakasi shakllantiriladi.
Asta-sekinlik bilan shu hayvonga yaqinlashish va undan qo'rqmaslik
malakasi hosil qilinadi. Boshqa turdagi fobiyalarda ham aynan shu
uslubdan foydalaniladi. Masalan, omma oldida gapirishdan qo’rqadigan
odamga, avval oyna oldida keyin yaqin insonlari qarshisida ma’ruza
qilish malakasi shakllantiriladi. Sekin-astalik bilan tinglanadigan
auditoriya kengaytirib boriladi. Shu tariqa bosqichma-bosqich ravishda
sotsiofobiyadan xalos etiladi.