•
Psixolog ko’z o’ngida yoqimtoy, qiziqarli ko’rinishga intilishga
intiluvchanlik
•
Psixolog-konsultant sifatida qarama qarshi jins vakilini tanlashlik;
•
Psixolog ko’z o’ngida kuchsiz, qaram inson qiyofasida gavdalanishga
urinish;
•
Atrofdagi insonlarga yoqishni uddasidan chiqac olmagan taqdirda, bor
kuchi bilan turli rollarning o’ynashga qodirligi yoxud istalgan niqobni
taqishga moyillik;
•
Psixolog bilan mumoloqatda ham erotik xarakterdagi gaplarni
gapirishlik
Umuman isterik shaxs bolishning ilk ildizlari ularni bolalikdagi
tarbiyaning xatolariga borib taqaladi. Isterik shaxslar go’dak paytida
mehr, e’tibor yetishmasligi sabab diqqatni tortish uchun bor kuchlari
bilan intilganlar. Ushbu intilish bolalikdagi harhasha, yig’i, baqir-
chaqirda o’z aksini topgan. Ularga e’tibor qatilmagani sari bu
harhashalar yana ham balandlashgan. Natijada isterik shaxsiga xos
xususiyatlar shakllana borgan. Shunday ekan, psixolog isteriklar bilan
samarali konsultatsiya olib borishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.