101
Qo‗shimcha yuklanish ishonchlilikni ta‘minlash uchun qaysidir ilovalar
uchun foydaliligini kamaytiradi va uning samaradorligini yomon deyish mumkin.
UDP ilovalar o‗rtasida ma‘lumot segmentlarini uzatish uchun faqat asosiy
funksiyalarni ta‘minlaydi. Buning uchun u katta bo‗lmagan resurslarni ishlatish va
ma‘lumotlarni tekshirish orqali ta‘minlaydi. UDP ma‘lumotlarni kafolatsiz
yetkazish protokoli hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlarida kafolatsiz yetkazish
ishonchsiz hisoblanadi. UDP jo‗natuvchiga ma‘lumotlarni muvofaqqiyatli yetib
kelganligini tasdiqlovchi transport pog‗onasining jarayonlarini ishga tushirmaydi.
UDP protokoli oddiy pochtadan ro‘yxatdan o‗tkazilmagan xatni yuborishga
o‗xshaydi. Jo‗natuvchi qabul qiluvchini olganligini bilmaydi, pochta bo‗limlari esa
xatni nazoratga olishga, jo‗natuvchini xabardor qilishga va manzilga yetib
borganligiga javobgarlikni o‗z zimmalariga olmaydi.
TCP foydalanadigan ilovalar UDP foydalanadigan ilovalar
4.9 – rasm. TCP va UDP protokollar foydalanadigan ilovalari