94
4. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TRANSPORT POG‘ONASI
PROTOKOLLARI
4.1.
Transport pog‗onasi protokollari: UDP, TCP va SCTP
Transport pog‗onasining asosiy maqsadi – o‗zining
foydalanuvchilariga
ishonchli, tejamli (resurs va kanallardan foydalanish rejasi asosida) va foydali
xizmatlarni taqdim etishdan iborat (amaliy pog‗onada, 4.1-rasm).
4.1 – rasm. Transport pog‗onasi protokolini qo‗llanilishi
Transport pog‗onasining funksiyasi:
-
foydalanuvchiga ma‘lumotlarni to‗g‗ri yetkazib berilishini tekshirish;
-
ulash, o‗rnatish;
-
qabul qilganligi haqida hisobot;
-
yo‗qotilgan yoki noto‗g‗ri yuborilgan ma‘lumotlarni qayta jo‗natish;
-
oqimlarni boshqarish.
Qabul qiluvchining manzilini to‗g‗riligini tekshirish
uchun psevdosarlovha
95
tuzilishi (UDP va TCP uchun)dan foydalanadi.
Transport pog‗ona protokollaridan ommaboplari TCP va UDP protokollari
hisoblanadi:
-
TCP protokoli –
bu ishonchli protokol, ma‘lumotlarni tartibli uzatish
ketma-ketligini kafolatlaydi va tarmoq yuklamasini boshqarishni ta‘minlaydi.
-
UDP
protokoli, xabarlar bilan ishlashga mo‗ljallangan, ma‘lumotlarni
uzatish ketma-ketligini kafolatlamaydi, tarmoq yuklamalarini
nazorat qilmaydi
(4.2-rasm).
Lekin UDP protokoli tez ishlaydigan protokol hisoblanadi va xabarlar
chegarasini ta‘minlaydi.
4.2 – rasm. UDP
sarlovha tuzulishi