44
1798-yilda Misrga qilingan yurish Napoleonni
siyosiy hokimiyatni
egallashga chorladi.
1799-yil 9-noyabr davlat to‘ntarishi. Direktoriya hokimiyati xalq
orasida obro‘ga ega emasdi, «yangi boylar»
ham Direktoriyani yoq-
tirishmas edi. Gazetalar «Kuchli hokimiyat o‘rnatish!» talabini bosh
sahifalarida yorita boshladi. Shunday sharoitda hokimiyatga qarshi
fitna uyushtirildi. Fitnachilar Misrdan
qaytgan Napoleondan asosiy
kuch sifatida foydalanishga qaror qildilar, Bonapart ham bunga rozilik
bildirdi. Yig‘ilish o‘tkazayotgan Oqsoqollar
kengashi va Beshyuzlar
kengashi yirik qo‘shin tomonidan o‘rab olindi. Qo‘rqib ketgan
Oqsoqollar kengashi taklif qilingan idora usuli – Konsullikni darhol
tasdiqlashdi. Beshyuzlar kengashi ham bu qarorni tasdiqladi. Kon-
sullik uch kishidan iborat ijroiya hokimiyati bo‘lib,
ulardan har biri
«Fransuz Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo‘ldilar. Saylangan
uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi.
Konsullar respublikaga sadoqat to‘g‘risida qasamyod qabul qil-
dilar.
Fransiyadagi burjua inqilobi nihoyasiga yetdi. Bu inqilob butun
dunyo tarixi uchun ham ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. U
olg‘a surgan «Ozodlik, Òenglik, Birodarlik!» g‘oyalari butun dunyo
xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, inqilob tarixi ko‘plab xalqlar uchun katta saboq
ham bo‘ldi. Uning ayovsiz qirg‘inlari, barcha muammolarni hal
etishning vositasi sifatida terrorning qo‘llanilishi, siyosiy muxolif-
larning jismoniy yo‘q qilinishi kabilar ham inqilob keltirgan dah-