4
korlik faoliyati yotadi. Shu sababli kapitalistik jamiyatda xususiy mulk
va yollanma mehnatdan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yara-
tildi.
Natijada, iqtisodiy hayot gurkirab o‘sdi, sanoat ishlab chiqarishi
va savdo rivojlandi, kapitalistik munosabatlar vujudga keldi. Ishlab
chiqarishning yangi shakllari paydo bo‘ldi, mehnat qurollari takomil-
lashdi, sexlar o‘rnini manufakturalar egallay boshladi. Yevropalik-
larning hayotida ko‘plab yangiliklar, ishchanlik, intiluvchanlik kabi
yangi belgilar paydo bo‘ldi, ularning bir qismi Sharqdan kirib keldi.
Bundan tashqari, Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik
davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’at-
ning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi. Aslida, ko‘p-
chilik hollarda fojiali oqibatlarni keltirib chiqargan urushlar, qo‘z-
g‘olonlar va inqiloblar emas, kishilarning yaratuvchanlik faoliyati,
doimiy izlanish va intilish ma’naviyat va madaniyatda, ijtimoiy hayot-
da va iqtisodiy o‘sishda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Shu
o‘zgarishlar natijasida G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida ka-
pitalistik jamiyat zamirida sanoat taraqqiyotiga asoslangan yangi si-
vilizatsiya shakllandi va u
industrial sivilizatsiya deb ataldi.
Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi ta-
rixning asosiy mazmunini tashkil etadi. Aynan shu jadal rivojlanish
tufayli Yevropa dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi, keyin esa Yer yu-
zining katta qismini o‘ziga bo‘ysundirdi.
Jahon tarixida
«Yangi tarix» davri XV asr oxiri – XVI asr bosh-
laridagi Buyuk geografik kashfiyotlardan boshlanadi hamda Birinchi
jahon urushining yakuni – 1918-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab ola-
di. Yangi tarix, odatda, ikki bosqichga bo‘linadi. Uning
birinchi